O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolar huquqi himoyasi

Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilishda hakamlik sudlari va mediatsiyaning roli

01.11.2019Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari bo‘yicha dasturi doirasida 2019-yil 30-oktabrda Termez shahrida “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hakamlik sudlari va mediatsiyaning roli” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

31.10.2019Hujjatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Toshkent metropolitenining poezdlar harakati jadvalidan chiqish sabablari - texnik sabab va shubhali ob'ekt qoldirilishi

30.10.2019Jamiyat

Bugun, 2019-yil 30-oktabr kuni soat 14:59 da Chilonzor liniyasining "Mirzo Ulug'bek" stantsiyasida texnik sabablarga ko'ra yo'lovchilarga (harakat tarkibining ishlamay qolishi sababli) yo'lovchilar stansiyaga chiqarildi. Poezdlar harakati jadvalidan chiqish vaqti 7-8 daqiqani tashkil etdi.

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mas'ullar javobgarlikka tortildi

30.10.2019Jamiyat

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurash va mehnat huquqlarini muhofaza qilish ishlari davom ettirilyapti.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishdagi hamkorlik

25.10.2019Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti hamda Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy-axborot markazi o’rtasida “Odam savdosini oldini olish va unga qarshi kurashish” bo’yicha tuzilgan memorandumga asosan Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti qoshida tashkil etilgan o’quv-amaliy mashg’ulotlar xonasida davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashishda hamkorlik” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huquq himoyachilari bilan faol hamkorlikni davom ettirmoqda

23.10.2019Jamiyat

Xalqaro mehnat tashkilotining 29-sonli va “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-sonli konvensiyalari ijrosiga muvofiq, O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Xalqaro mehnat tashkiloti “Uchinchi tomon monitoringi” vakillari va huquq himoyachilari bilan yo‘lga qo‘ygan faol hamkorlik aloqalari muhim o‘rin tutadi.

“Tadbirkorni homiylikka majburlama!” aksiyasi

11.10.2019Iqtisodiyot

Aksiya orqali tadbirkorlik sub'ektlarini homiylik va xayriya yordami ko'rsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan ma'muriy va boshqa choralarni qo'llash tahdidi ostida yig'ilishlar va boshqa tadbirlarni o'tkazish holatlarini aniqlash bo'yicha so'rovlar o'tkazilmoqda.

Inson huquqlarini yanada mustahkamlash va himoya qilish sohasida hamkorlik masalalari muhokama etildi

09.10.2019Siyosat

2019-yil 9-oktabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari Svetlana Artikovaning BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘limi rahbari Rishard Komenda bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tibbiyot xodimiga tajovuz uchun javobgarlik kuchaytiriladi

07.10.2019Sog‘liqni saqlash

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimida uchrab turgan noxush holatlardan biri - bu bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi holatlari tez-tez uchrayotganidir. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2019-yillar davomida 400 dan ortiq holatlarda tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilish, ularga tan jarohatlari yetkazish kabi noqonuniy harakatlar sodir etilgan.

 

Davlat mehnat inspektsiyasi Denov va Kogon tumanlaridagi holat yuzasidan o‘rganish olib bordi

07.10.2019Jamiyat

Kuni kecha mahalliy internet nashrlarida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida fuqarolarning paxta terimiga majburiy tarzda yo‘naltirilgani hamda Buxoro viloyatining Kogon tumanida ayni jarayonga bolalarning jalb etilayotgani xususida xabarlar e’lon qilindi. Jurnalistlar voqea joyida bo‘lib, odamlar bilan muloqot qilishdi, fotomateriallar taqdim qilishdi. Voqea ishtirokchilarining aksariyati o‘z xohishiga ko‘ra paxta dalasida ekanini ta’kidlasada, Davlat mehnat inspektsiyasining o‘rganishlari ayni yo‘nalishda qonunbuzarlik holatlari qayd etilganini ko‘rsatdi.

Adliya vazirligi tomonidan “Tadbirkorni homiylikka majburlama!” aksiyasi e’lon qilindi

04.10.2019Iqtisodiyot

Aksiya orqali tadbirkorlik sub'yektlarini homiylik va xayriya yordami ko‘rsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qo‘llash tahdidi ostida yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish holatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri tajovuzga uchragan tez tibbiy yordam xodimi holidan xabar olib, Bosh prokurorga murojaat qildi

04.10.2019Sog‘liqni saqlash

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 6-podstantsiyaning tez tibbiy yordam xodimi Jahongir Xo‘jayevning o‘ziga nisbatan bemor yaqinlari tomonidan tajovuz qilingani haqidagi murojaati e’lon qilingan edi. Unda tibbiyot xodimi bemorning qarindoshlari tomonidan haqoratlanib, unga jarohat yetkazilgani qayd etiladi.

AQSh Maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

24.09.2019Siyosat

2019-yilning 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Samuel Deyl Braunbek bilan uchrashdi.