O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huquq himoyachilari bilan faol hamkorlikni davom ettirmoqda

2019-10-23 | Jamiyat

Xalqaro mehnat tashkilotining 29-sonli va “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-sonli konvensiyalari ijrosiga muvofiq, O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Xalqaro mehnat tashkiloti “Uchinchi tomon monitoringi” vakillari va huquq himoyachilari bilan yo‘lga qo‘ygan faol hamkorlik aloqalari muhim o‘rin tutadi.

2019-yilning 17-oktabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratullo Odinaev boshchiligidagi mas'ullar huquq himoyachilarining bir guruhi bilan uchrashdi. Oksana Lipkanu, yelena Urlaeva, Dilfuza Qurolova, O‘ktam Pardaev, Arslanbay Otepov, Xaitboy Yakubov ishtirokidagi uchrashuvda majburiy mehnatga qarshi kurashning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv avvalida Inspeksiya boshlig‘i joriy yilning o‘tgan davri mobaynida majburiy mehnatga qarshi olib borilgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishga tushirilgan 1176 ishonch telefon raqamlari, @mehnathuquqbot Telegram messenjeri va dmi.mehnat.uz veb sahifasi orqali fuqarolardan 700 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ularni tekshirish natijasida jami 200 ga yaqin mansabdor shaxsning majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani aniqlangan va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlardan kelgan 20 dan ortiq murojaat orqali 20 ga yaqin mansabdorlarga nisbatan O‘zR MJTK bo‘yicha ma'muriy jazo qo‘llanilgan.

Majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini aniqlashda Xalqaro mehnat tashkilotining “Uchinchi tomon monitoringi” va huquq himoyachilari tomonidan berilgan ma'lumotlar ham muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, ana shunday xabarlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal'a tumani, Namangan viloyatining Pop tumani, Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani, Toshkent viloyatining Bekobod, Quyichirchiq tumanlarida qonun buzilish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Yuborilgan murojaatlarning hammasi ham asosga ega bo‘lmagani bois, bu kabi qonunbuzarliklar tizimli xarakterga ega emasligini ta'kidlab o‘tish joiz.

Uchrashuv davomida Xalqaro mehnat tashkiloti, fuqarolik jamiyati vakillari va huquq himoyachilari bilan majburiy mehnatga qarshi kurashda O‘zbekistonda olib borilayotgan faol monitoring ishlari alohida qayd etildi. Ayniqsa, paxta terimi mavsumida fuqarolarni majburiy terimga jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada joylarda profilaktika targ‘ibot ishlarini olib borish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

Поделиться