O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Voqealar

72440065-9761-3bb1-f703-2cdac3bdcc43.png

“INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligi

29.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi  joriy yilning 29–31 oktabr kunlari  “UzEkspoMarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompleksida chet el va mahalliy ilmiy-innovasion markazlar, investision jamg‘armalar, texnologik agentliklar, texnoparklar, biznes inkubatorlarni bir davrada jamlaydigan “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligini o‘tkazadi.

57276beb-a252-042d-d2d8-67730be5b8eb.jpg

"Made in Uzbekistan" Xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi

23.10.2019

2019-yil 23-25-​​oktabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va "O'zekspomarkaz" MKK AJ tomonidan Respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" Xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi "O'zekspomarkaz" MKK AJning 3- va 4-sonli pavilonlari, 2-sonli Atrium zali va ochiq maydonlarida bo'lib o'tadi.

d29e64fc-6720-3f65-5b45-4b3e87939701.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Yaponiyaga tashrifi

22.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva joriy yil 22-24-oktabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi.

cab6d472-4d2a-7516-4ed9-c8d771e35c6c.jpg

O‘zbek tili bayrami kuni

21.10.2019

Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o‘z tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi. 

87f36270-146e-44aa-3580-4018e7771db6.JPG

“Open Andijan” I Xalqaro investitsiya forumi

19.10.2019

2019-yil 19-20-oktabr kunlari Andijon viloyatida “Open Andijan” I Xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

eec2dca5-bfe2-0e6e-1b00-227400ed7554.jpg

I Xalqaro ekologok marafon

17.10.2019

17-oktabrdan 22-oktabrgacha Oʻzbekistonda “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida “ Aral Marathon” I Xalqaro ekologik marafoni boʻlib oʻtadi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Tohir Soliyevning shu mazmunda oʻtgan yigʻilish yakuni boʻyicha maʼlum qilishicha, tadbir Orol dengizi muammolariga bagʻishlangan Xalqaro konferensiya arafasida Oʻzbekistonning olti shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Moʻynoqda boʻlib oʻtadi. 

cef2897a-aa31-f56d-9347-a6f8a94068ec.jpg

O‘zbekiston delegatsiyasining “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumidagi ishtiroki

16.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yilning 16-oktabr kuni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida ishtirok etadi.

9a027653-3def-7ddf-1d1c-6b3617a7fe0c.png

Boshqaruv innovatsiyalari kunlari 2019

15.10.2019

Joriy yilning 15-17-oktabr kunlari Toshkent shahrida davlat boshqaruviga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga bagʻishlangan har yillik tadbir – Oʻzbekistonda Boshqaruv innovatsiyalari kunlari ikkinchi bora oʻtkazilmoqda. Tadbir tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi, BMT Taraqqiyot dasturi.

65622abb-7746-7945-cb8f-153763005287.jpg

O‘zbekiston Prezidenti MDHning navbatdagi sammitida ishtirok etadi

10.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 10-11-oktabr kunlari Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

3f267168-e403-1ee1-334b-26ae19091bb4.jpg

Oʻzbekiston va IHT: Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik

07.10.2019

7-8-oktabr kunlari Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yoʻlida yoshlar huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi Yillik 6-seminari boʻlib oʻtadi.