O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

I Xalqaro ekologok marafon

2019-10-17

17-oktabrdan 22-oktabrgacha Oʻzbekistonda “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida “ Aral Marathon” I Xalqaro ekologik marafoni boʻlib oʻtadi. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Tohir Soliyevning shu mazmunda oʻtgan yigʻilish yakuni boʻyicha maʼlum qilishicha, tadbir Orol dengizi muammolariga bagʻishlangan Xalqaro konferensiya arafasida Oʻzbekistonning olti shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Moʻynoqda boʻlib oʻtadi. 

“Aral Marathon” tadbirining asosiy maqsadi O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilib, bu yer bilan bog’liq muammoning ko’lami haqiqatan global ekanligini ko’rsatish, tashabbusga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iboratdir.

Haftalik marafon dasturidan har bir bosqichda 5 kilometrlik masofaga yugurish, o’quv muassasalaridagi “Biz kelajak uchun javobgarmiz” (#RUNFORARAL) yangi ekologik shiorni targ’ib etishni maqsad qilgan konsert dasturlari va yig’ilishlar o’rin olgan. Marafon finali 22 oktabr kuni Mo’ynoq shahrida, ilgari Orol dengizi joylashgan joyda bo’lib o’tadi.

Marafon tashkilotchilari - O’zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, MTRK, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi, O’zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, O’zbekiston Aeronavtika federatsiyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar.

Mazkur tadbir har yili o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, mintaqamizning ekologik muammolariga xalqaro hamjamiyatning qiziqishini kuchaytiradi. http://aralmarathon.uz

Поделиться