O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligi

2019-10-29

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi  joriy yilning 29–31 oktabr kunlari  “UzEkspoMarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompleksida chet el va mahalliy ilmiy-innovasion markazlar, investision jamg‘armalar, texnologik agentliklar, texnoparklar, biznes inkubatorlarni bir davrada jamlaydigan “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligini o‘tkazadi.

Ikkinchi bor tashkil etilayotgan “INNOWEEK” haftaligi mahalliy tadbirkorlar va bo‘lajak sarmoyadorlar uchun yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, chet el sarmoyadorlarini jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir. O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi ishbilarmon doira vakillari, yetuk olimlar, kompaniya boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilayotgan haftalik doirasida Xalqaro innovatsion ko‘rgazma, Xalqaro innovatsiyalar va investisiyalar forumi hamda xalqaro robototexnika musobaqasi o‘tkaziladi. Tadbirga 2011 yili kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.
 
Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun yurtimizda faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, bo‘lajak investorlar va tadbirkorlarni “INNOWEEK” haftaligiga taklif qilamiz.
 
Siz ham tashrif buyuring va biznesingiz rivoji uchun foydali bo‘lgan bitimlar va kelishuvlar imzolanishiga erishing! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
 
Murojaat uchun tel: +998909750666, +998909494994
 
Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.innoweek.uz saytidan olishingiz mumkin.

Поделиться