O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boshqaruv innovatsiyalari kunlari 2019

2019-10-15

Joriy yilning 15-17-oktabr kunlari Toshkent shahrida davlat boshqaruviga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga bagʻishlangan har yillik tadbir – Oʻzbekistonda Boshqaruv innovatsiyalari kunlari ikkinchi bora oʻtkazilmoqda. Tadbir tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi, BMT Taraqqiyot dasturi.

Tadbirning asosiy maqsadi— davlat siyosatini rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilishni takomillashtirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan davlat boshqaruvi sohasidagi innovatsion yondashuvlar, uslublar va qarorlarni muhokama qilish. Innovatsion kunlar doirasida raqamli iqtisodiyot, blokcheyn, katta maʼlumotlar, muomala uslublari, aqlli shahar, raqamli xizmatlarni loyihalashtirish hamda boshqa mavzularda maʼruzalar, seminarlar va muhokamalar oʻtkaziladi.

Spikerlar sifatida innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot, muqobil moliyalashtirish davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish boʻyicha innovatsion laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish, davlat xizmatlarini loyihalashtirish sohasidagi xalqaro va milliy ekspertlar taklif etilgan.

Jumladan:

  • Mustafa Xamvi, Passionpreneur kompaniyasi bosh direktori (BAA/Avstraliya);
  • Robert Pashichko, muqobil moliya mablagʻlari boʻyicha mutaxassis, Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha BMT TD hududiy byurosi;
  • Dumitru Vasilesku, siyosat boʻyicha mutaxassis, Moldovadagi BMT TD Innovatsion laboratoriyasi;
  • Djinvon Xo, elektron hukumat boʻyicha maslahatchi, professor (Koreya Respublikasi);
  • Sangchul Shin, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha maslahatchi, professor (Koreya Respublikasi);
  • Alisher Fayzullayev, fan doktori, professor, biznes-trener, Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya, Benilyuks davlatlari, Yevropa Ittifoqi va NATOdagi sobiq elchisi.

Oʻzbekistondagi birinchi Boshqaruv innovatsiyalar kunlari 2018-yilning dekabr oyida oʻtkazilgan boʻlib, unda innovatsion rivojlanish strategiyasi, innovatsion laboratoriyalar, ijodiy fikrlash, asosli siyosat, maʼlumotlar asosida boshqaruv, foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda davlat xizmatlarini loyihalashtirish kabi mavzularda seminarlar, maʼruzalar, taqdimotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etilgandi.

Поделиться