O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti MDHning navbatdagi sammitida ishtirok etadi

2019-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 10-11-oktabr kunlari Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Yig‘ilishda Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Sammit yakunida bir qator hujjatlarni, jumladan, 2020 yilda MDHda raislikning O‘zbekiston Respublikasiga o‘tishi to‘g‘risida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya, 1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zo‘ravonlik ko‘rinishlariga qarshi kurashish  bo‘yicha hamkorlik dasturini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti MDH sammitidagi ishtiroki doirasida Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Поделиться