O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va IHT: Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik

2019-10-07

7-8-oktabr kunlari Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yoʻlida yoshlar huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi Yillik 6-seminari boʻlib oʻtadi.


Xalqaro anjumanning asosiy tashkilotchisi Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) 1969-yil 25-sentabrda Marokash poytaxti Robotda oʻtkazilgan islom davlatlari rahbarlarining birinchi yigʻilishida tashkil etilgan.
 
Dunyodagi eng yirik xalqaro islom tashkiloti dastavval Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT) deb yuritilgan. 2011-yildan Islom hamkorlik tashkiloti deb yuritiladi. Tashkilot qarorgohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan.
 
Bugungi kunda IHTga aʼzo davlatlarda butun dunyo aholisining qariyb uchdan biri istiqomat qiladi. Ushbu keng miqyosdagi hamkorlik muqaddas islom qadriyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, musulmon xalqlari oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni taʼminlash, tashkilotga aʼzo mamlakatlar xalqlarining rivojlanishi va farovonligiga koʻmaklashishdek ezgu maqsadlarga erishish yoʻlida muhim oʻrin tutib kelmoqda.

Поделиться