Өзбекстан Республикасы
Ҳүкиметлик порталы

Архив
2024
Календарь

Ўақыялар

Дс Шш Сш Пш Жм Шм Ек
Порталда жаңалық

Oʻzbekiston va Belarus Respublikasi oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2019-02-19 | Билимлендириў

Joriy yil 19-fevral kuni Belorussiya Respublikasi Mogilev davlat oziq-ovqat universiteti rektori M.A.Kirkor rahbarligidagi Belarus Respublikasi universitetlari rahbarlaridan iborat delegatsiya aʼzolari bilan vazirlik rahbariyatining uchrashuvida ham oliy taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston – Belarus respublikalarining oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalari Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 2018-yil 13-sentabrdagi Toshkentga qilgan davlat tashrifi davomida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Belarus Respublikasi taʼlim vazirligining oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik Bitimining imzolanishi bilan butunlay yangi pogʻonaga koʻtarildi.

Joriy yil 19-fevral kuni Belorussiya Respublikasi Mogilev davlat oziq-ovqat universiteti rektori M.A.Kirkor rahbarligidagi Belarus Respublikasi universitetlari rahbarlaridan iborat delegatsiya aʼzolari bilan vazirlik rahbariyatining uchrashuvida ham oliy taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yuqorida qayd etilgan Bitimning 5-moddasida tomonlar oʻz imkoniyatlari darajasida oliy taʼlim sohasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni ragʻbatlantirishi qayd etilgan:

Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish;

professor-oʻqituvchilar tarkibidan iborat boʻlgan pedagogik xodimlar va talabalar almashish;

oʻquv-metodik materiallar bilan almashish;

oliy taʼlim muassasalari kutubxona fondlarini rivojlantirishda oʻzaro hamkorlik;

Tomonlar davlatlarida oʻtkaziladigan taʼlimga oid tadbirlarda ikki davlat mutaxassislarining oʻzaro ishtirok etishi;

Tomonlarning oliy taʼlim muassasalarida Tomonlar davlatlarining fuqarolarini tenglik asosida taʼlim olish imkoniyatlarini oʻrganish;

ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va Tomonlar davlatlarida nashr etiladigan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishga koʻmaklashish.

Eslatib oʻtamiz, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Madjidov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining 2018 yil dekabrdagi Belarus davlatiga qilingan ishchi tashrifi davomida Toshkent shahrida amaliy mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan Oʻzbek-Belarus qoʻshma instituti ochish haqida shartnoma imzolangan edi.

Belarus milliy texnika universiteti qoshidagi “Politexnik” ilmiy-texnik parkida Inomjon Majidovning beloruslik hamkasbi Igor Karpenko bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida ikki vazirlik oʻrtasida tuzilgan Bitimni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolangan edi.

Bugungi uchrashuvda ham yuqorida qayd etilgan va boshqa masalalar yuzasidan amaliy ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi.

Поделиться