O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT

IT-Markaz tinglovchilari Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida g‘alaba qozonishdi

30.11.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

InnoWeek doirasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida IT-Park Toshkent filiali IT markazining robototexnika bo‘yicha yosh tinglovchilari g‘olib deb topildi.

UZINFOCOMning yangi texnologiyasi .UZ domen zonasining xavfsizligini kuchaytirdi

30.11.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator DNSSEC (Domain name system security extension) domen nomlarini himoya qilish texnologiyasini yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.

Huawei kompaniyasi bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokara olib borildi

30.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning Huawei kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

27.11.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrda “2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilingan edi. Farmoyish bilan barcha yo‘nalishlarni qamrab oladigan qator ishchi gruhlar tuzildi. Shulardan biri Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish ishchi guruhidir.

“O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi” bo‘lib o‘tdi

26.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Xorazm viloyatida IT-loyihalar tanlovi o‘tkazildi

26.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida “Istiqbolli IT-loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi, IT-Park, TATU Urganch filiali va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Davlat organlari orasida ichki hujjatlarni va ma'lumotlarni almashishni osonlashtirish va kengroq joriy etish vazifalari belgilandi

26.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

AKT vaziri Sherzod Shermatov “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi - UNICON.UZ” faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarilayotgan loyihalarini jadallashtirish va barcha davlat organlari orasida o'zaro hujjat va ma'lumotlar almashishni oson qilib tezroq joriy etish vazifalarini belgiladi.

SHHTga aʼzo davlatlarning AKT sohasi rahbarlari bilan videokonferensaloqa orqali birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

25.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Joriy yilning 25-noyabr kuni O‘zbekiston tomoni raisligida videokonferensaloqa orqali Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlari bilan birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart

25.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

AKT vaziri Call-markazlar faoliyatini rivojlantirish orqali qo'shimcha ishchi o'rinlari yaratish fazifasini belgiladi

24.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbektelekom” AK “Sotuv va xizmat ko‘rsatish markazi” filiali qoshidagi Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi faoliyati bilan tanishdi.

 

AKT sohasida AQSh bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

24.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Rosenblum bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

AKT vaziri Davlat tashkilotlari ma’lumotlar bazasi infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

23.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining Elektron hukumat tizimlarini rivojlantirish maqsadida qurilayotgan obyektidagi qurilishlarning holati va taqdimoti bilan tanishdi.

Chirchiq shahrida Mehribonlik uyi tarbiyalnuvchilariga IT sertifikatlar topshirildi

23.11.2021YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT Parkning Toshkent viloyati filiali va “Meros” xayriya jamg'armasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “14-sonli Mehribonlik uyi” da dasturlash yoʻnalishlarida IT kurslarni muvofaqiyatli tamomlagan tarbiyalanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

AKT vaziri Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

23.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyamа bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlat Rahbari tomonidan AKT sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni ijrosini tashkil etish muhokama etildi

22.11.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov tomonidan soha korxona va tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalar uchun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Sherzod Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi

18.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, Shermatov Sherzod Xotamovich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

TATU Qarshi filialida IT inkubatsiya markazi ochildi

17.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida IT inkubatsiya markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yashnobod innovatsion texnoparki “Biznes Inkubator” dasturini eʼlon qildi

17.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion Innovatsion rivojlanish vazirligida “Yashnobod” innovatsion texnoparkining yangi gʻoyalarni qoʻllab - quvvatlash “Biznes Inkubator” dasturining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda OTM ilmiy xodimlari va talabalar, tadbirkorlar, tashabbuskor yoshlar ishtirok etdilar.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida inkubatsiya markazi ishga tushirildi

16.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT Park hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida yangi inkubatsiya markazi ochildi.