O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Voqealar

a5e4026c-245b-dfc6-1a72-ce049fc1d258.png

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

02.07.2019
 
...1992-yil 2-iyul. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunga imzo chekdi. Xalqimiz o‘zi istagan va tanlagan yo‘l – erkin, ozod va obod, farovon hayot barpo etish yo‘lida yana bir muqaddas timsolga ega bo‘ldi. Bu bilan mamlakatimiz mustaqilligi yanada mustahkamlandi. O‘zbekiston xalqi o‘z qadr-qimmatini, g‘ururini, tarixi va milliy qadriyatlarini chuqurroq anglay boshladi.
9afeefec-a8ef-5751-96a9-daa8eb9d1407.gif

O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun

01.07.2019

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1994-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan muomalaga kiritilgan milliy valyutamiz mamlakatimiz mustaqilligining asosiy belgilaridan biri va muhim rivojlanish omili bo‘ldi.

Milliy valyutadan hammamiz har kuni foydalanamiz. Uni ko‘rganda qalbimizda milliy g‘ururimiz jo‘sh uradi. Zero, pulimiz nafaqat mamlakatimiz iqtisodiy qudratining, balki xalqimiz ma’naviy, ma’rifiy va madaniy salohiyatining ko‘zgusidir. Uni qo‘liga olgan kishining qadim Samarqanddagi Registon maydoni, Tillakori, Sherdor madrasalari, Amir Temur maqbarasi kabi tarixiy obidalar, shuningdek, poytaxtimizdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, “Istiqlol” san’at saroyi, Amir Temurning ulug‘vor haykali tasvirlariga ko‘zi tushadi. Bu tasvirlar mamlakatimizning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

a3ac7ae3-ce88-ba3b-a5c0-cc23d9b88b69.jpg

Poytaxtimizda birinchi marta “TEMP – 2019” xalqaro forumi oʻtkaziladi

22.06.2019

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan joriy yilning 22-28-iyun kunlari Kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi boʻlib oʻtadi.

a3cbb5df-70ab-c089-ade6-28310dcfebf4.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yigirmanchi yalpi majlisi

21.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi   yalpi majlisi 2019 yil 21 iyun kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

963b2e0e-4c7f-bc1a-2fc5-d9ebd31a4476.jpg

“Seni kuylaymiz, zamondosh!” V Respublika koʻrik-festivali oʻtkaziladi

10.06.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan joriy yilning 10-16-iyun kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” Oʻzbekiston teatrlarining V Respublika koʻrik-festivali boʻlib oʻtadi.

1abeb0fb-3f03-8dfc-9a8a-e4ecaefeee68.png

Namangan shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro investitsiya forumi toʻgʻrisida

07.06.2019

2019-yil 7-8-iyun kunlari Namangan shahrida “Invest in Namangan” xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir Namangan viloyati hokimligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

30289348-6f74-57c5-e8ba-60e31e2a84d5.jpg

Toshkent Temir yoʻl Hamkorlik tashkilotining 47-sessiyasiga mezbonlik qiladi

04.06.2019

2019-yil 4-7-iyun kunlari poytaxtimiz Toshkentda Temir yoʻl Hamkorlik tashkiloti Vazirlar kengashining 47-sessiyasi boʻlib oʻtadi.

cb7ec18e-dcd4-21e9-fded-79a8d08953fb.jpg

Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni

01.06.2019

Butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni “Butun jahon bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram ko‘pchilik davlatlarda “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni” sifatida ham e’tirof etiladi.

6bf1ffb0-91cc-3ca4-25f4-3f3abb570c69.jpg

O‘zbekiston delegatsiyasining ShHT TIVK bo‘lajak majlisida ishtiroki

22.05.2019

2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

 
639c3031-5938-01e6-4c88-b162b5934ab6.jpg

“OGU – 2019” va "Power Uzbekistan – 2019” koʻrgazmalari

15.05.2019

Joriy yilning 15-17 may kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Oʻzbekiston neft va gazi – OGU 2019” yigirma uchinchi va "Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2019” oʻn toʻrtinchi xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi.