O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Seni kuylaymiz, zamondosh!” V Respublika koʻrik-festivali oʻtkaziladi

2019-06-10

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan joriy yilning 10-16-iyun kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlangan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” Oʻzbekiston teatrlarining V Respublika koʻrik-festivali boʻlib oʻtadi.

Teatr sanʼati sohasidagi eng yaxshi asarlarni saralab olish uchun tashkil etilayotgan koʻrik-festivalining maqsadi Vatanimiz mustaqilligini, milliy qadriyatlarimiz va yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi, Vatanimiz mustaqilligi, tinchligi va obodligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan, ilgʻor fikrli zamondoshlarimiz obrazlari aks etgan zamonaviy mavzulardagi spektakllarni yaratish, oʻzaro ijodiy tajriba almashish, tomoshabinlarni Oʻzbekiston teatr sanʼatining eng sara namunalari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
 
Joriy yildagi “Seni kuylaymiz, zamondosh!” koʻrik-festivalida davlat teatrlari rang-barang mavzudagi, zamon qahramonlari aks etgan spektakllari bilan ishtirok etadi.

Manba: O'zA

Поделиться