O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda birinchi marta “TEMP – 2019” xalqaro forumi oʻtkaziladi

2019-06-22

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan joriy yilning 22-28-iyun kunlari Kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi boʻlib oʻtadi.

“TEMP – 2019” (Kasaba uyushma yoshlari mehnat bilan yakdildirlar) forumi yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi, ayniqsa, yoshlarni kuchli ijtimoiy himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar, bu borada erishilgan tajriba, yutuqlarni dunyo hamjamiyatiga yanada kengroq yetkazish va targʻib qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
 
Nufuzli tadbirda 20 ga yaqin davlatdan 120 nafarga yaqin yosh, shuningdek, 100 nafardan ortiq Oʻzbekiston kasaba uyushmalari faollari ishtirok etishi kutilmoqda.
 
Forum dasturidan ishtirokchilarni mamlakatimizdagi salohiyatli korxonalar, milliy hunarmandchilik, shuningdek, Toshkent, Samarqand shaharlarining tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish, yosh sportchilar, jahon va olimpiya chempionlari bilan uchrashuvini tashkil etish joy olgan.
 
Forum doirasida “Mamlakat ijtimoiy rivojlanishida kasaba uyushmalari yoshlarining oʻrni: Oʻzbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” xalqaro ilmiy anjumani tashkil etiladi.
Unda ishtirokchilar mamlakatimiz kasaba uyushmalari tizimida yoshlar bilan ishlash boʻyicha yaratilgan oʻziga xos mexanizm, kasaba uyushmalarining barcha boʻgʻinlarida yoshlar masalasi bilan shugʻullanuvchi tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishadi.
 
Ishtirokchilar Prezidentimiz tomonidan yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus mazmun-mohiyati bilan tanishtiriladi.
 
Kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi ishtirokchilarda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar, bu jarayonda yurtimiz kasaba uyushmalarining tutgan oʻrni, qolaversa, Vatanimizning koʻhna oʻtmishi va boy madaniyati haqida yorqin tasavvur uygʻotishi bilan jiddiy ahamiyat kasb etishiga shubha yoʻq.

Manba: O'zA

Поделиться