2019-06-07
2019-yil 7-8-iyun kunlari Namangan shahrida “Invest in Namangan” xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir Namangan viloyati hokimligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.
Xalqaro forum ishida dunyoning 35 mamlakatidan yirik xorijiy ishbilarmon doiralari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar, turistik firmalarning 250 ga yaqin vakillari, shuningdek, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus ishtirok etishi kutilmoqda.
Biznes forumi doirasida “B2B” shaklida uchrashuvlar tashkil etiladi.
Mazkur forum Namangan viloyati uchun yirik xalqaro tadbir boʻlib, mintaqaning investitsion, eksport va turizm salohiyatini ilgari surish uchun yangi platforma sifatida xizmat qiladi.
Namangan viloyati Oʻzbekistonning aholisi zich hududlaridan biri boʻlib, toʻqimachilik sanoati va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida ulkan salohiyatga ega.
Tadbir yakuniga koʻra investitsion bitimlar va mustahkam shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi