O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Voqealar

b491082f-f7c2-a257-3334-32f670af3cdb.jpg

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvi

03.02.2020

2020-yilning 3-fevral kuni Toshkent shahrida “C5+1” shaklida navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

d5ff779e-2dc3-113f-f430-193844069859.jpg

AQSh Davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi

02.02.2020

2020-yilning 2-3-fevral kunlari AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.

6c75907f-6b7f-37d2-65e6-390f8f9e1876.jpg

O‘zbekiston delegatsiyasining Berlin shahridagi xalqaro konferensiyada ishtiroki

27.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2020-yil 27-30-yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va Berlin shahrida “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi taqdimoti bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

fe3d91ba-d72e-d5af-ba0e-bec2736c0550.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi

24.01.2020

2020-yil 24-yanvar kuni mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi yillik murojaatnomani MTRKning 4ta teleradiokanali, 5ta telekanali hamda 12ta hududiy teleradiokompaniya, shuningdek, 5ta nodavlat telekanal hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, internetdagi tegishli veb-saytlar orqali jonli efirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

Shu bilan birga, aholining barcha qatlamlarini qamrab olish maqsadida murojaatnoma surdo tarjima bilan, shuningdek, rus tilidagi tarjima va ingliz tilidagi tarjimasi bilan efirga uzatiladi.

bde30a32-902b-4127-eee9-a3231e91f32f.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi

20.01.2020

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislarini chaqirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

b687bb34-f52f-9924-e025-2cf07b18a36d.jpg

Jahon banki delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi

16.01.2020

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya 16-yanvar kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.

cb158842-895d-a938-7e7d-136b8c42fc2d.jpg

Rossiya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi

15.01.2020

2020-yilning 15-16-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

ca3563ad-42ee-7a03-7c45-64d8e520c143.jpg

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining Hindistonga tashrifi

14.01.2020

2020-yil 14-15-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Hindiston Respublikasida bo‘ladi.

be7a3416-7b63-29a4-1664-6190e6b7b53f.jpg

Vatan himoyachilari kuni

14.01.2020

Mustaqil O'zbekistonda ushbu bayram o'z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag'ishlangan. 1992-yil 14-yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi harbiy o'quv yurtlari va boshqa harbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog'iga o'tishi to'g'risida qarori qabul qilindi.1993-yil 2-dekabrda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.

b0e5c216-e2eb-848d-ad52-76205e95cf99.jpg

Yangi yil bayrami

01.01.2020

Ushbu bayram O'zbekiston Respublikasida keng nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.