O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi

2020-01-15

2020-yilning 15-16-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universitet) Toshkent shahridagi filialiga borish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolash ham rejalashtirilmoqda.

Поделиться