O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi

2020-01-20

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislarini chaqirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 85-moddalariga muvofiq 2020-yilning 16-17-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga oldi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi 2020-yil 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Поделиться