O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi

2020-01-16

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo hududi boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya 16-yanvar kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.

Tashrifning birinchi kuni delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva bilan uchrashadi. Shuningdek, mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – transport vaziri A.Ramatov, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov bilan muzokaralar oʻtkazadi.

17-yanvar kuni mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri J.Qoʻchqorov, iqtisodiyot va sanoat vaziri B.Xoʻjayev va Markaziy bank raisi M.Nurmurodov bilan uchrashadi.

Mazkur uchrashuvlarda Oʻzbekiston bilan Jahon banki oʻrtasidagi uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ushbu bank bilan hamkorlikda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni muhokama qilish koʻzda tutilgan.
 

Saidmurod Rahimov, OʻzA

Поделиться