Norvegiya Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakilli Rolf Villi Xansenning bunday e’tirofi barchamizni quvontirdi. U o‘z so‘zini shunday boshladi:
- Men eng avvalo o‘zbek xalqiga mehmondo‘stlik va o‘zaro do‘stona munosabatlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Norvegiya hukumati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni va siyosiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Biz Afg‘oniston muammolarini hozirga qadar ham bir necha marta muhokama qilgan edik. Istambul, Qobul uchrashuvlari bunga misol bo‘la oladi.
“Tolibon” harakati vakillari muzokaralar stoliga o‘tirishga o‘zida kuch topishi kerak. Zamonaviy taraqqiyot davrida muammolarni diplomatik muzokaralar bilan hal qilish o‘rniga urush maydonida “ qahramonlik” qilishni nima keragi bor.
Norvegiya har ikki tarafni muzokaralar stoliga o‘tirishini va muammolarni hal qilishini sabr bilan kutadi.
Bir narsani bilishlaringizni istayman, Afg‘oniston ham gullab-yashnashga, obod mamlakatga aylanishga haqli. Buning uchun ular o‘zaro kelishib olishi, har bir afg‘on o‘zini urush olovidan himoya qilishga kuch topa olsa, ularni dunyodagi barcha hamkorlari qo‘lllab-quvvatlaydi.