O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv

2018-03-29 | Siyosat

2018-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Xitoy delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Baodunni qabul qildi.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston hukumatini ko‘p yillik Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlangan Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Afg‘onistondagi tinchlik ulkan mintaqaning barcha mamlakatlariga sezilarli foyda keltirishi, barcha yo‘nalishlarda mintaqaviy va trans-mintaqaviy savdoni rivojlantirishi yuzasidan O‘zbekiston va Xitoyning fikrlari birdek ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda hozirgi paytda Xitoy raislik qilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbatda xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Muzokaralarda Xitoy Elchisi Jiang Yan ishtirok etdi.

Поделиться