O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport

Umid Ahmadjonov: “Uzbek Tigers” esa o‘z faoliyatini yangi formatda, yangi maqsadlar bilan davom ettiradi

19.02.2018Sport

Shu kunlarda ba’zi ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” klubining faoliyati tugatilishi, O’zbekiston jamoasi musobaqadan chiqarib yuborilishi haqidagi mish-mishlar avj oldi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi Umid Ahmadjonov vaziyatga rasman izoh berdi.

Harbiy sportchilar – yurtni sharaflar

15.02.2018Sport

Turkiyaning Istanbul shahrida 30 dan ortiq mamlakatning 700 dan ziyod sportchilari ishtirok etgan tayekvondo WT bo‘yicha “Turkish Open” xalqaro reyting turnirida yurtimiz sharafini 10 nafar sportchi himoya qildi.

Bokschilarimiz pul mukofoti bilan taqdirlandi

14.02.2018Sport

Joriy yilning 28 yanvar – 1 fevral kunilari boks bo’yicha Hindistonda o’tkazilgan “Indian Open” xalqaro turnirida O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 oltin va 2 kumush medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallagan edi.

Jizzaxda 2017-yilda yaxshi natijalarga erishgan 64 nafar sportchi taqdirlandi

13.02.2018Sport

2017-yilda viloyat sportchilari 22 xalqaro va 55 mamlakat miqyosidagi musobaqalarda qatnashgan. Ularning 16 nafari sport ustasi, 154 nafari sport ustaligiga nomzod va 198 nafari 1-darajali sportchi talablarini bajargan. Razryadli sportchilar tayyorlash bo‘yicha, ayniqsa, olimpiya sport turlari bo‘yicha shug‘ullanayotgan viloyat sportchilarning 58 nafari O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosidir. 

Basketbolchilar mamlakat chempionatida bahslashdi

13.02.2018Sport

Navoiy shahrida basketbol bo’yicha O’zbekiston chempionatining dastlabki tur bahslari yakunlandi.

“Lokomotiv” o‘z maydonida yirik g‘alabaga erishdi

12.02.2018Sport

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining birinchi turi doirasida o’z maydonida Birlashgan Arablar Amirligining “Al Vaxda” klubini qabul qildi.

Yosh futbolchilar o‘z mahoratini namoyish etishdi

12.02.2018Sport

Mamlakatimizda yosh avlodni har jihatdan sog‘lom, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida voyaga yetkazishga qaratilgan ulkan e’tibor ta’lim-tarbiyaning muhim bo‘g‘ini hisoblangan bolalar sporti rivojida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.

Yosh polvonlarimiz Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarildi

12.02.2018Sport

Yunon-rum kurashi bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Qozog’iston ochiq chempionatida 3 oltin, 2 kumush hamda 6 bronza medalini qo’lga kiritdi.

“Uzbek Tigers” mag’lubiyat alamini Termizda oladi

12.02.2018Sport

Kubada o’tkazilgan Butunjahon boks seriyalari (WSB) turniri guruh bosqichida “Cuba Domadores” va “Uzbek Tigers” jamoalari o’zaro bahslashdi.

Tennischilarimiz ikkinchi uchrashuvda ham g’alaba qozondi

09.02.2018Sport

Tennis bo’yicha xotin-qizlar o’rtasidagi Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda davom etmoqda.

Shohjahon Ergashev AQSH tomon yo’l olmoqda

07.02.2018Sport

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) O’zA muxbiriga xabar berishicha, joriy yilning 13 fevral kuni AQSHning Detroyt shahriga jo’nab ketadi. 

Sakkiz yoshli qizaloq 15 raqibga qarshi

07.02.2018Sport

Namangan shahrida sportning shashka turi bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Mavluda Mahmudova bir vaqtning o‘zida o‘n besh raqibga qarshi dona surdi. 

Denis Istomin “Diyema Xtra Sofia Open – 2018” musobaqasining ikkinchi davrasida

07.02.2018Sport

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Bolgariyaning Sofiya shahrida o’tkazilayotgan “Diyema Xtra Sofia Open – 2018” musobaqasining birinchi davrasida mezbon tennischisi Adrian Andreyev bilan raqobatlashdi.

Yasmina va Sabina ishonchni oqladi

06.02.2018Sport

Tennis bo’yicha Xotin-qizlar o’rtasidagi Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda o’tkazilmoqda.

Jahon chempionati kubogi Toshkentda!

06.02.2018Sport

Futbol bo’yicha jahon chempionati kubogi mamlakatimiz tarixidi birinchi marotaba Toshkentga olib kelindi.

“Uzbek Tigers” jamoasi a’zolari Kuba tomon yo‘l oldi

06.02.2018Sport

Avval xabar berganimizdek, boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi dastlabki uchrashuvni 9-10 fevral kuni Kubada “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari Toshkentga keldi

06.02.2018Sport

Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Daniyar Abulgazin hamda qo‘mitaning sport tibbiyoti boshqarmasi boshlig‘i Janbulat Sarsenov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Komil To‘xtayev XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘taradi

06.02.2018Sport

Joriy yilning 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanadi.

Dzyudochilarimiz Parijda bahslashadi

06.02.2018Sport

Joriy yilning 10-11 fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqada dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 500 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashadi.

O‘zbek futboli: yangi marra, vazifa va muammolar tahlili

02.02.2018Sport

Xalqaro press-klub sessiyasida joriy yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillarining taassurotlari bilan o‘rtoqlashildi, o‘zbek futboli oldidagi yangi vazifalar muhokama etildi.