O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tennischilarimiz ikkinchi uchrashuvda ham g’alaba qozondi

2018-02-09 | Sport

Tennis bo’yicha xotin-qizlar o’rtasidagi Federatsiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda davom etmoqda.

O’zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi.

Guruhda terma jamoamiz ikkinchi uchrashuvni Yangi Zelandiya termasiga qarshi o’tkazmoqda. 
Uchrashuvning yakkaliklar o’rtasidagi bahslarda Nigina Abduraimova Jeyd Lyuisni 7:5, 6:3, Sabina Sharipova esa Yerin Rutliffdan 7:5, 6:1 hisobida mag’lubiyatga uchratgan bo’lsa, juftlik bahslarida Oqgul Omonmurodova hamda Yasmina Karimjonova Emili Fanning va Katerin Vestbarini 7:5, 6:1 hisobida yengdi.

Shu tariqa, O’zbekiston - Yangi Zelandiyani 3:0 hisobida mag’lub etib, 10 fevral kuni Indoneziya terma jamoasiga qarshi o’yinaydigan bo’ldi. 

 

Javohir Toshxo’jayev, O’zA

Поделиться