O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy sportchilar – yurtni sharaflar

2018-02-15 | Sport

Turkiyaning Istanbul shahrida 30 dan ortiq mamlakatning 700 dan ziyod sportchilari ishtirok etgan tayekvondo WT bo‘yicha “Turkish Open” xalqaro reyting turnirida yurtimiz sharafini 10 nafar sportchi himoya qildi.

Ulardan 5 nafari Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari edi. Murosasiz kechgan bahslarda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Dmitriy Shokin 87 kg.dan yuqori vazn toifasida oltin hamda Qurolli Kuchlar xizmatchisi Nikita Rafalovich 74 kg.gacha bo‘lganlar o‘rtasidagi uchrashuvlarda kumush medaliga sazovor bo‘lishdi.

Mazkur turnirda g‘olib va sovrindorlar 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpia o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi uchun qo‘shimcha ballarni yig‘ish imkoniga ega bo‘lishdi. Birinchi o‘rin uchun – 10, ikkinchi o‘rin uchun – 7 va uchinchi o‘rin uchun – 3 ball belgilangan.

Xalqaro toifadagi sport musobaqasida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan harbiy sportchilarimizni qutlaymiz!

Поделиться