O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh polvonlarimiz Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarildi

2018-02-12 | Sport

Yunon-rum kurashi bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Qozog’iston ochiq chempionatida 3 oltin, 2 kumush hamda 6 bronza medalini qo’lga kiritdi.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Zayniddin Noshirov, Mahmud Bahshilloyev, Parviz Mo’minov o’z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag’lubiyatga uchratib oltin medalni qo’lga kiritdi.

Finalga qadar o’tgan bellashuvlarda zafar quchgan Dilshod Ne’matov va Abubakr Alimov terma jamaomizga kumush medalni keltirgan bo’lsa,Ixtiyor Botirov, Olloyor Abduqodirov, Muhammadqodir Yusupov, Alijon Husenov, Umid G’aniyev hamda Abdurashid G’ulomqodirov bronza medaliga sazovor bo’ldi.

 

Javohir Toshxo’jayev, O’zA

Поделиться