O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov saylovda ovoz berdi

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 282-saylov uchastkasiga ovoz berish uchun keldi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinligini ta’minlash, milliy saylov qonunchiligini jahon andozalari darajasida takomillashtirish, uning demokratik tamoyillarga to‘liq javob berishiga erishish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasi va milliy an’analarimizning o‘zaro uyg‘unlashtirilishi natijasida milliy saylov qonunchiligimizda xalqimiz o‘z xohish-irodasini erkin va ochiq ifoda etishini ta’minlaydigan jihatlar o‘z aksini topayotir. 

Saylov tizimi ko‘ppartiyaviylik, ochiqlik, oshkoralik, teng huquqlilik kabi tamoyillarga tayanishi, bunda faqat ovoz berish jarayonidagina yashrinlikka yo‘l qo‘yilishi mumkinligi milliy saylov tizimining yuksak demokratik talab va mezonlarga to‘liq javob berishining amaldagi yana bir yorqin namunasidir. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi aholining turli qatlamlari manfaatlarini ta’minlash, kuchli ijtimoiy himoya tamoyillariga qat’iy amal qilish, ayniqsa, keksalar, alohida ehtiyojli fuqarolar, yoshlarga e’tiborni yanada kuchaytirish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, ta’lim sifati va mazmunini yanada takomillashtirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilgan. 

Xalqimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz hayotidagi bu muhim siyosiy jarayonning yuksak saviyada o‘tayotgani yurtdoshlarimizning faol fuqarolik pozitsiyasi, Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni astoydil his etishi, yurt istiqboliga daxldorlik hissi bilan yashayotganining yana bir amaliy isbotidir. 

Yuksak talab va me’yorlarga to‘liq javob beruvchi saylov jarayoni yurtdoshlarimiz O‘zbekistonimizning tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimiz taraqqiyoti, uning porloq istiqboli uchun ovoz berganining yana bir amaliy tasdig‘i bo‘ldi. 

 
 

Manba: O'zA

Поделиться