O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov saylovda ovoz berdi

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 4-dekabr kuni Toshkent shahridagi 550-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Mamlakatimizda demokratik tamoyillar asosida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni faqat qonunchilik yo‘li bilan muvofiqlashtirish, aholining turmush sifati va darajasini yanada oshirishga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash orqali sohaga innovatsiyalarni joriy qilish, kadrlarni maqsadli tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirish borasida olib borilayotgan ishlar dunyo miqyosida e’tirof etilmoqda. 

Milliy qonunchiligimizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani aks etgan. O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Zero, saylovlar kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik huquqiy davlatning ajralmas belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasi erkin ifodalanishi, jamiyat va davlatni boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shaklidir. Yurtimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topishi saylovlarning eng yuksak demokratik talablar va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, Bosh qomusimizda mustahkamlangan qoidalar asosida o‘tishiga, saylovchilarning faolligi va ular qabul qiladigan qarorga bog‘liq. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun muhim siyosiy voqeadir. Bu jarayon milliy qonunchiligimiz va xalqaro me’yorlarga to‘la mos holda, oshkoralik, tenglik, ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tmoqda. Unda har bir saylovchi o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etib, xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi, Vatanimizning buyuk kelajagi uchun ovoz bermoqda. 

Manba: O'zA

Поделиться