O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qirg‘iz Respublikasining saylangan Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

2021-01-12 | Siyosat

11-yanvar kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasining saylangan Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Sadir Japarovni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi hamda Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan chin dildan tabrikladi.

Ushbu g‘oyatda muhim siyosiy tadbirlarning yakunlari mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish uchun mustahkam zamin yaratishiga ishonch bildirildi.

O‘z navbatida, Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga zamonaviy xatarlarni yengib o‘tishda va koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashishda qardosh Qirg‘izistonga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish davri bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish borasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Bular, avvalo, Davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi qo‘shma ishlarning natijadorligini oshirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani kuchaytirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvni kengaytirish, samarali transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari va boshqa jihatlar.

Hukumatlararo komissiyalar ishini faollashtirish, shuningdek, hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

Xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar doirasida aniq va konstruktiv muloqotni davom ettirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Suhbat ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Manba: O'zA

Поделиться