O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy xizmatga qabul qilish jarayoni soddalashadi

2020-02-06 | Xavfsizlik sohasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezidentimizning 2019-yil 12-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyati va uning ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari va harbiy xizmatchilar tomonidan yangi tahrirdagi nizomda belgilangan vazifalar boʻyicha maʼlumot berildi.

Mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish va Qurolli Kuchlarimiz jangovar shayligini yana-da oshirish maqsadida vatanparvar, intellektual salohiyatli yoshlar bilan butlash, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish shartlari, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi masalalari va rezervga boʻshatish tartibi bilan bogʻliq koʻplab masalalar huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan.

Rivojlangan xorijiy davlat amaliyotini oʻrganish, yillar davomida harbiy xizmatni oʻtash tartibi bilan bogʻliq yoʻnalishda vujudga kelgan muammolar, toʻplangan hayotiy tajriba va xizmat amaliyotini inobatga olgan holda yangilangan nizom loyihasi 80 foizga oʻzgartirildi.

Qayd etilganidek, yangi tahrirdagi Nizom bilan Qurolli Kuchlarimizni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan butlashning eksterritorial prinsipi bilan birga yana yangi – territorial prinsipi joriy etildi. Mazkur normaning yangi nizom bilan tasdiqlanishi harbiy xizmatchilarning xizmat joyini oʻzgartirish (rotatsiya) bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni tartibga soladi.

Yangi loyiha bilan amaliyotga pensiya hisoblash vaqtida harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat maxsus unvon berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanishi toʻgʻrisidagi norma kiritildi. Nizomning yangi tahrir loyihasida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarni bir vazirlik tizimidan boshqa biriga oʻtkazish tartibi soddalashtirilib, nomenklatura lavozimlarga kirmaydigan harbiy xizmatchilarni boshqa vazirliklarga oʻtkazilishi vazirlik rahbarlarining oʻzaro kelishuvi asosida amalga oshirilish tartibi belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, vazirlik tomonidan uy-joy bilan taʼminlanmagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga ularning arizasiga binoan taqdim qilinayotgan uy-joyni umumiy qiymatining 25 foizdan 50 foizgacha miqdordagi dastlabki badal pulini davlat byudjeti mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlash yoʻli bilan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditini berish tizimi boʻyicha turar joylar berilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi yangi norma kiritildi.

– Nizomning yangi loyihasida harbiy-kasbiy tanlov oʻtkazish tartib-qoidalari batafsil yoritib berildi. Unga koʻra, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish borasida oʻtkaziladigan ikki bosqichli tanlov tadbirlari bir bosqichga qisqartirilib, fuqarolarning tibbiy koʻrik va jismoniy tayyorgarlik holati tekshiruvi vazirliklarning hududiy vakolatli organi saralash komissiyalari tomonidan bir marta oʻtkaziladigan boʻldi, – deydi Mudofaa vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Farhod Shermatov.

Nizomning 15-bandida maʼlumot darajasidan qatʼi nazar, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan barcha fuqarolar uchun muddatli harbiy xizmatning muddati 12 oy etib (eski tahrirda oliy maʼlumotli fuqarolar uchun 9 oy ) belgilandi.
 

Abdulaziz MUSAYEV, OʻzA

Поделиться