O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qoraqalpogʻiston Respublikasida ovoz berish jarayoni
2019-12-23 | Saylov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuman va shaharlarida, chekka qishloqlarida ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar uyushqoqlik bilan oʻtmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari shahar va tuman kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 622 ta saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Joriy yilgi saylovlar “Yangi Oʻzbekiston: Yangi saylovlar” shiori ostida xalqaro standartlar, prinsiplar asosida qabul qilingan Saylov kodeksi boʻyicha oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 57-moddasiga muvofiq, 6 ming 378 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi. Saylovlar jarayonini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari kuzatib bormoqda.
Har bir saylovchi oʻzining konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda saylovlarda faol ishtirok etib, mamlakatimiz kelajagiga befarq emasligini amalda namoyish etmoqda.
Dovud ABIBULLAYEV, Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA