O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Rossiya: parlamentlararo aloqalar kengaymoqda

2019-09-06 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi parlamenti bilan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasi o‘rtasidagi aloqalar bo‘yicha parlamentlararo do‘stlik guruhi a’zolarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy sohalarni modernizatsiya qilishda parlament, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xorijiy davlatlar parlamentlari bilan aloqalarni kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Xususan, parlamentlararo do‘stlik guruhlarini tashkil etish bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Qonunchilik palatasi deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda parlamentlararo do‘stlik guruhlari xorijiy davlatlar parlamentlari bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi alohida qayd etildi.
 
Rossiya Federatsiyasi bilan fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport, turizm sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ikki davlat xalqlari bir-birining madaniyati va adabiyotiga hurmat bilan qaraydi. Moskva shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali, poytaxtimizda rus shoiri Aleksandr Pushkin haykali qad rostlagan. Mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallari ochilgan. Ta’lim sohasidagi hamkorlik tufayli 2019/2020 o‘quv yilida 100 nafarga yaqin mamlakatimiz yigit-qizlari Rossiyadagi oliy ta’lim dargohlarida tahsil oladigan bo‘ldi.
 
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishda poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muloqotni faollashtirishda parlamentlarning o‘rni va ahamiyati ham tobora oshib bormoqda. Parlamentlararo aloqalar ikki mamlakat parlamentlari vakillarining tashriflari orqali mustahkamlanmoqda. Ayni paytda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasida O‘zbekiston parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha deputatlar guruhi mavjud.
 
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasi raisi V.Volodin boshchiligidagi delegatsiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga doir masalalar muhokama qilindi. Tashrif chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanishi rejalashtirilgan.
 
Ishtirokchilar joriy yil dekabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarga Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasidan kuzatuvchilarni chaqirish bo‘yicha takliflar bildirdi. Xalqaro aloqalar va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha kelgusida amalga oshiradigan vazifalar belgilab olindi.
 

Abdulaziz MUSAEV, O‘zA

Поделиться