O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Made in Uzbekistan” birinchi хalqaro ko‘rgazma-yarmarkasining yakunlari
2018-12-04 | Iqtisodiyot
2018 yil 27-30 noyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining tashabbusi bilan “O‘zekspomarkaz” MKM bilan hamkorlikda “Made in Uzbekistan” birinchi Xalqaro eksport ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Asosiy maqsad xorijiy hamkorlar e’tiborini jalb qilish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyatini taqdim etishdir.
Ko‘rgazma-yarmarka raqamlarda
Ikkita pavilyonda, shuningdek, 5000 m2 maydonda joylashgan “O'zekspomarkaz” MKM ochiq maydonchasida 1000 dan ortiq turdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari namoyish etildi. O‘zbekistonda 150 ga yaqin korxona xorijiy mehmonlarga o‘z salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. To‘rt kun mobaynida ushbu yarmarkada Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Rossiya, Belorussiya, Ozarbayjon, Chexiya, Xitoy, Hindiston, Koreya Respublikasi, Avstraliya va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan ishbilarmon doiralar va xaridorlarining 800 nafardan ortiq vakillari ishtirok etishdi.
“O‘zbekistonning rivojlanish dinamikasini aks ettiradigan juda qiziqarli ko‘rgazma. Eng muhimi, qamrov va shaffoflik yoqdi: mahalliy ishlab chiqarishning barcha sohalari namoyish etilib, ishlab chiqarish korxonalariga tashriflar tashkil etildi. Alohida ta’kidlash joziki, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari yaxshi tashkil etilganligi tayyor mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi”, – deb sharxladi ko‘rgazma ishtirokchisi Germaniyalik Piter Rodxe.
Mehmonlarga yuqori sifatli mahsulotlarning keng nomeklaturasi bilan tanishish, shuningdek, O‘zbekistondan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar va bitimlar tuzish imkoniyati berildi.
Urg‘u
Yarmarka tashkilotchilarining asosiy e’tibori to‘qimachilik mahsulotlari, charm va poyabzal elektrotexnika sanoati, oziq-ovqat, avtomobilsozlik va mashinasozlik, metallurgiya, neft-kimyo hamda boshqa sohalarda tayyor mahsulotlarni namoyish etishga qaratildi.
Format
Ko‘rgazma yangi formatda tashkil etildi, unda soha bo‘linmalari va tashqi savdo kompaniyalari vakillarining taqdimotlari, ishlab chiqarish korxonalariga tashriflari, xalq amaliy san’ati ustaxonalari, shuningdek tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining zamonaviy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Imkoniyatlar
Ko‘rgazma ishtirokchilarga nafaqat mahsulotlarini namoyish etish, balki tashrif buyuruvchilarni korxonaning rivojlanishi va istiqbollari bilan tanishtirish, shuningdek, tashqi bozorlarga chiqish shartlari, sifat talablari, istiqbolli bozorlarda sotiladigan mahsulotlarni markalash va qadoqlash kabi dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.
Hamkorlik
Ko‘rgazma tashqi savdoni rivojlantirishda istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun samarali maydonchaga aylandi. Xususan, biznes uchun elektron tijoratning afzalliklari va imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda uning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokchilarni tashqi savdo bozorlarida mahsulot sotishda elektron savdo maydonchalarining roli va salohiyati bilan tanishdilar, shuningdek, xususiy kompaniyalarning turli xil savollariga javob berishdi.
Demo-turlar
Xaridorlarga mahsulot ishlab chiqarish, qadoqlash va markalash jarayonlarini ko‘rsatish maqsadida mahalliy to‘qimachilik hamda teri va poyabzal korxonalari ko‘rgazma zallariga, “Crafers” qandolat fabrikasiga va Artel Group elektr mahsulotlari zavodiga tashrif buyurildi.
Ko‘rgazma yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi. Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlanishdi:
Eng innovatsion stend – “Daiichi” kompaniyasi;
Eng ko‘p tashrif buyurilgan stend – “Uzcharmsanoat” uyushmasi;
Eng ma’lumotga boy stend – “Oʻzbekneftegaz” AJ;
Eng ko‘p mahsulotga ega stend – “Artel Engineering and Management” MCHJ;
Tashkiliy hamkorlik uchun – “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasining eksportga yo‘naltirilgan mahsulot katalogi tayyorlandi va chop etildi, unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi tovarlar va xizmatlar uchun takliflar taqdim etildi. Katalog O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining rasmiy veb sahifasida ham elektron shaklda mavjud.