O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahsulotlarga radiatsiyaviy ishlov eksport hajmini oshiradi

2018-11-26 | Iqtisodiyot

Bugungi kunda insonlarning ovqatdan zaharlanish holatlari ortib, bu koʻrsatkich iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 30 foizni tashkil qilmoqda.

Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining maʼlumotiga koʻra, yer yuzida yiliga 4 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Lekin ularga ishlov berib, zararsizlantirilmagani sababli 30 foiz bugʻdoy, 50 foizga yaqin meva va sabzavotlar, 20 foizga yaqin goʻsht va sut mahsulotlari yoʻqotilar ekan. 

Sifatsiz, zararsizlantirilmagan mahsulotlarni isteʼmol qilishdan zaharlanish, kasalliklarga chalinish, turli asoratlar qoldirish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shu sabab oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarini zararsizlantirish, mazasi va toʻyimliligini saqlagan holda saqlash muddatini uzaytirish qishloq xoʻjaligining, tibbiyot va iqtisodiyotning muhim vazifalaridan biridir. 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Xalqaro atom energetikasi agentligi hamda xalqaro yetakchi ekspertlar ishtirokida “Oʻzbekistonda oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlariga radiatsiyaviy ishlov berish” mavzusida oʻtkazilgan seminarda shular xususida soʻz bordi. 

Seminar qishloq xoʻjaligi, meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya va tashkilotlar mutaxassislarini mahsulotlarga ishlov berish boʻyicha mavjud va yangi uslublar bilan tanishtirish, shuningdek, bu sohada yetakchi mutaxassislar tajribasini oʻzlashtirish maqsadida tashkil etildi. 

Xalqaro ekspertlar oziq-ovqat turiga radiatsiyaviy ishlov berish boʻyicha mavjud tajribalar misolida bu uslubni Oʻzbekistonda tatbiq qilish boʻyicha maʼruzalar qildi. 

Seminarda mavjud masalalar yechimi boʻyicha anʼanaviy uslublar, zamonaviy ishlanmalardan boʻlgan meva-sabzavot, oziq-ovqat hamda tibbiyot mahsulotlariga radiatsiyaviy uslub yordamida ishlov berish, uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlar va standartlar, reglamentlar, qurilmalar borasida fikr almashildi. 

Ushbu maʼlumotlar qishloq xoʻjaligi sohasi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun respublikamizda radiatsiyaviy ishlov berishni tashkil qilish orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshirishga koʻmaklashishi qayd etildi. 

 

Davron Sunnatov, OʻzA

Поделиться