O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro tajriba

2018-06-07 | Jamiyat

Poytaxtimizda oziq-ovqat sifati va xavfsizligini ta’minlash, bu yo‘nalishda ilg‘or andozalar va milliy tajribaning o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, BMTning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari tashkiloti, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar, Qozog‘iston, Gollandiya kabi mamlakatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Aholi o‘rtasida oziq-ovqatdan zaharlanish ko‘rsatkichi ortib, oqibati fojia bilan tugash holatlari kuzatilmoqda. Shu bois, dunyo olimlari bu muammoning yechimini topishga bel bog‘lagan. Asosiy e’tibor oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatiga zamonaviy standartlar va qo‘llanmalar yaratish, bu boradagi xalqaro me’yorlarni joriy etishga qaratilmoqda. Shu maqsadda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMTning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari tashkiloti tomonidan kodeks alimentarius komissiyasi tashkil etilgan. 

Seminarda mazkur komissiya ekspertlari, yetakchi mutaxassislari mavzuga doir fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashladi, tajriba va amaliy ishlar yuzasidan ma’lumotlarberildi. 

– O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribasi xalqaro miqyosda keng qo‘llanilmoqda, – deydi sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi A.Xudoyberganov. – Yurtimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tabiiy sharoitda pishgani, shirin ta’mi va vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Shu bois, mahsulotlarimizga xorijda ham talab yuqori. 

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Поделиться