O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonga Gollandiyadan 36 tonna za’faron (shafran) tuganak piyozlari keltirildi

2017-08-26 | Iqtisodiyot

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari chog‘ida O‘zbekiston florasi dorivor giyohlarga boy ekanini, xususan, za’faron o‘simligidan qadimdan xalq tabobatida keng foydalanib kelinganini ta’kidlab, soha mutaxassislariga bunday o‘simliklar turini ko‘paytirish va plantatsiyalarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. 

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi "Brand Investment Group" mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda za’faron plantatsiyalarini tashkil etishni boshladi. 

– Za’faron o‘simligi issiqlik va yorug‘likni sevadi, – deydi davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi Mansurbek Satimboyev. – Bu o‘simlik yurtimiz tuproq-iqlim sharoitiga to‘liq mos bo‘lib, uni Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida yetishtirish imkoniyati mavjud. Bu o‘simlikning biologiyasi va yetishtirish agrotexnikasini yaxshi o‘rganib, fermerlarni jalb etsak, daromadli sohaga asos solinadi. Zero, bir gektar plantatsiyadan birinchi yil o‘rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7-8, keyingi yillarda 15-16 kilogramm hosil olinadi. Jahon bozorida 1 kilogramm xomashyoning narxi 400 dollardan 1000 dollargacha baholanadi. 1 kilogramm guli 2500 dan 5000 dollargacha sotiladi. 

Ulug‘ allomamiz Abu Ali ibn Sino za’faron ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli, nafas a’zolarini sog‘lom qilishini yozib qoldirgan. 

Mamlakatimizda za’faron yetishtirish va plantatsiyalarini tashkil etish farmatsevtika, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatini mahalliy xomashyo bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

 

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться