O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy valyuta

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994-yil namunasidagi 1 so'm qiymatidagi banknotasi (2020-yil 1-martga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994-yil namunasidagi qiymati 1 so'm bo'lgan banknoti o'lchami 120x62 mm bo'lgan, butun banknot sathida bir tekis joylashgan sakkiz qirrali naqshlar shaklidagi qoramtir chiziqlar ko'rinishida suv belgisi tushirilgan oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi o'tgan. Banknotning old va orqa tomonlari asosan och yashil-pushti rangga ega. Banknot chekkalaridan ramkani o'rab turuvchi oq hoshiya o'tgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida ko'k rangdan binafsha rangga o'tib boruvchi naqshli tasvir ustida to'q yashil soyali "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn yozilgan bo'lib, ushbu matn ustidan bir juft to'q yashil chiziq o'tgan. Bu chiziqlar orasiga uzluksiz chiziq shaklida mikrobosma usulida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" so'zlari yozilgan. Banknotning quyi markaziy qismida ramka bilan o'ralgan, chetlari pushti rangga o'tib boruvchi yashil fonda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn 3 qatorga yozilgan.

Banknotning chap qismida giloshirlash usulida tushirilgan va pushti hamda binafsha rangli nafis chiziqlardan iborat bezak ustida O'zbekiston Respublikasining to'q yashil rangli Gerbi tasvirlangan. Gerb ostida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat bo'lgan nomer qora rangda ifoda etilgan.

Banknotning o'ng qismida giloshirlash usulida tushirilgan va pushti hamda binafsha rangli nafis chiziqlardan iborat bo'lgan bezak ustida yashil rangli doirasimon naqsh joylashgan bo'lib, uning o'rtasida to'q yashil rang bilan o'ralgan "1" raqami tasvirlangan. Raqam ostida banknot chiqarilgan yil - "1994" to'q yashil rangda ko'rsatilgan.

Banknotning orqa tomoni naqshli doira va ichi xilma-xil bezaklarga to'ldirilgan uzunchoq oval galma-gal keladigan ramka bilan o'ralgan. Bu ramka markaziy qismining ikkala tomonida binafsha rangli naqshinkor doiralar joylashgan bo'lib, ular old tomondagi doiralarga to'g'ri kelgan. Ramka ichida pushti-yashil fon bilan Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat Akademik Katta teatri binosining fasad qismi va maydondagi favvora tasvirlangan.

Banknotning chap qismida, pushti rangli fondagi naqsh ichida "1" raqami joylashgan. Naqshning quyi qismi yashil tusda. "1" raqami binafsha rang bo'lib, o'rtasida yashil chiziqlar bor. Ramkaning quyi qismi chekkalaridagi ovallar ichida qoramtir-yashil soyali oq rangda "BIR SO'M" deb yozilgan. Ovallarning o'rtaga qaragan tomonidagi bezakli yashil doiralar ichida naqshinkor "1" raqamlari joylashgan.

Ikki doira o'rtasining chap qismida pushti rangga aylanadigan yashil ramka ichida 2 qatorga joylashtirilgan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNAN TA'QIB QILINADI" degan yozuv bor. Banknot old va orqa tomonlarining markaziy qismida nusha ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi mavjud. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan maxsus yoritib ko'rilganda, uning old tomoni markaziy qismidagi "1" raqami ko'zga tashlanadi. Banknotning to'q yashil rangli seriyasi va nomeri, uning old va orqa tomonlarining och yashil rang bilan to'ldirilgan markaziy qismi, shuning dek, banknotning zangori va yashil tolalari yorishib ko'rinadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi 3 so'm qiymatidagi banknotasi (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 3 so'm bo'lgan banknotining o'lchami 120x62 mm bo'lib, butun banknot sathida bir tekis joylashgan sakkiz qirrali naqsh shaklidagi va qoramtir chiziqlar ko'rinishidagi suv belgisi tushirilgan oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning chap tomonidagi chekkasidan taxminan 1/3 qismi oralig'idagi masofada uning butun eni bo'ylab himoya ipi o'tgan. Old tomoni asosan qizg'ish-qo'ng'ir va yashil-sarg'ish ranglarda, orqa tomoni esa, qizg'ish-qo'ng'ir va sarg'ish ranglarda berilgan. Banknot old tomoni markazining yuqori qismida qizg'ish-qo'ng'ir soyali harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan so'zlar yozilgan.

Matn ostida yashil-qizg'ish-qo'ng'ir tusdagi chiziqlar bilan chirmashib ketgan naqshinkor bezak bor. Banknotning chap qismidagi bir-biriga chatishib ketgan qizil va sarg'ish tusdagi to'lqinsimon chiziqlardan iborat giloshirlangan bezak ustida O'zbekiston Respublikasining Gerbi to'q qizg'ish-qo'ng'ir rangda tasvirlangan. Banknotning chap qismidagi Gerb ostida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va ettita raqamli nomer qora rangda ko'rsatilgan. Banknotning o'ng qismidagi giloshirlangan bezak ustida to'q qizg'ish-qo'ng'ir rangdagi sakkiz qirrali naqsh joylashgan. U milliy uslubda bajarilgan bo'lib, o'rtasida naqshinkor "3" raqami bor. Sakkiz qirrali naqsh tagida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi qizg'ish-qo'ng'ir rangdagi "1994" raqamlari joylashgan.

Banknotning pastki qismida uch qirrali shakl ichida to'q qizg'ish-qo'ng'ir rangda "3" raqamlari joylashgan. Bu raqamlar oralig'idagi trapetsiya shaklidagi ramka ichida "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan so'zlar 3 satrga joylashtirilgan. Trapetsiya shaklidagi shu ramkaning 3 tomonida (ikki yoni va tagida) qizg'ish-qo'ng'ir tusdagi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" uzluksiz mikromatni yozilgan. Pastdagi ramka ostida banknot uzunligi bo'ylab eni 2 mm bo'lgan naqshinkor chiziq o'tgan.

Banknotning orqa tomonidagi ramkaning o'ng va chap qismlari o'rtasida ichi yashil naqshli bo'lgan olti qirrali 2 ta oq bezak bor. Bu bezaklar banknot old tomonidagi olti qirrali oq bezaklar ustiga tushadi.

Banknotning o'rtasida sarg'ish fon bilan Buxoro shahridagi "ChAShMAI AYuB" tarixiy-me'moriy yodgorligi tasvirlangan. Banknotning chap qismida to'q sariq naqshinkor ramkada giloshirlangan chiziqlar bilan to'q qizg'ish-qo'ng'ir soyali naqshinkor "3" raqami tasvirlangan. Banknotning o'ng qismi pastki burchagida to'q sariq rangdagi yashil soyali naqshinkor "3" raqami tasvirlangan. Ramkaning pastki qismi qiya chiziqlar bilan 3 bo'lakka ajratilgan bo'lib, uning chap va o'ng tomonlaridagi qiya to'rtburchaklar ichida qizg'ish-qo'ng'ir fonda yashil soyali oq rangda "UCh SO'M" so'zlari yozilgan. O'rtadagi qiya to'g'ri burchakli ramkada sarg'ish fon ostida "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNAN TA'QIB QILINADI" yozuvi joylashtirilgan.

Banknotning old va orqa tomonlari markaziy qismida nusha ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, uning old tomoni o'rtasida "3" raqami yorishib ko'zga tashlanadi. Shu joyning o'zida sarg'ish tusdagi giloshirlangan bezak bo'lib, to'q yashil rangda banknotning seriyasi va raqami, orqa tomon markazida esa, sarg'ish bo'yoqdagi detallar — zangori va yashil rangli tolalar ko'rinadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi 5 so'm qiymatidagi banknotasi (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 5 so'm bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi shakli tushirilgan lokal suv belgisi bor. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi presslangan bo'lib, unda oq tusdagi "O'ZBEKISTON” so'zi ketma-ket takrorlanib, ularning birida harflar to'g'ri, ikkinchisida esa qiya joylashgan.

Banknotning old tomoni asosan ko'k va qizg'ish-qo'ng'ir rangda, orqa tomoni esa ko'k, yashil va binafsha ranglarda. Banknotning markaziy qismida Buxoro shahridagi "MINORAI KALON" yodgorligining memoriy lavhasi tasviri ustida ko'k rangda O'zbekiston Respublikasi Gerbi joylashgan. Uning ikkala tomonida geometrik shakldagi bezaklar ichida ko'k-oq rangdagi ikkita "SEMURG'" qushi tasvirlangan. Gerb ostidagi me'moriy lavha tasviri ustida to'q ko'k soyali oq rangda naqshinkor "5" raqami joylashgan bo'lib, uning ostida to'q ko'k soyali oq rangda "BESh SO'M" so'zlari bor. Raqamlar orasining o'rtasida joylashgan sarg'ish ramkada "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn ko'k rangda yozilgan. Banknot o'ng tarafining quyi qismida naqsh tasvirlangan bo'lib, uning o'rtasidagi yashil bezak fonida och jigarrang hoshiyali oq rangda "5" raqami bor. Bezak ustida banknot chiqarilgan yilni bildiruvchi och jigarrang tusdagi "1994" raqamlari yozilgan.

Asosiy ramkaning ikki chetidagi qizg'ish-ko'k rangli ikki chiziq orasida ko'k-qizg'ish rangda "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan uzluksiz mikromatn joylashtirilgan bo'lib, uni lupa yordamida o'qish mumkin. Banknot markazining quyi qismidagi ko'k-zangori rangli geometrik fon ostida, "MINORAI KALON" lavhasining yon tomonlarida ikkita "5" raqami bo'lib, ular yashirin bosma usulida bosilgan va quyosh nuri yoki chiroqqa tutib qaralganida ko'rinadi. Banknot chap tomonidagi ramkaning yuqori qismida hamda o'ng tomonidagi ramkaning pastki qismida qora rangda yozilgan lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer mavjud.

Banknotning orqa tomonida Toshkent shahrining Milliy bog'iga Alisher Navoiyga bag'ishlab o'rnatilgan me'moriy-haykaltaroshlik kompozitsiyasi tasvirlangan. Yodgorlik ko'k rangda bo'lib, uning o'rtasida binafsha rangga o'tuvchi och zangori tusdagi osmon foni aks ettirilgan. Rasmning pastki burchaklaridagi ramka ichida zangori tusli ikkita naqsh joylashgan bo'lib, ularning o'rtasida oq rangdagi ko'k hoshiyali "5" raqamlari bor. Raqamlar o'rtasida sarg'ish rangdagi ramka ichida "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn ikki qatorga joylashtirilgan.

Banknotning o'rtasida nusxa ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor. Banknotning old tomoni markazida ultrabinafsha nurlar tasirida "5" raqami, markaziy ramkada och sarg'ish va to'q yashil ranglarda banknotning seriyasi va nomeri, orqa tomonning markazida esa, och sarg'ish rangda tasvirlangan detallar hamda zangori va yashil tolalar yorishib ko'rinadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi 10 so'm qiymatidagi banknotasi (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 10 so'm bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi shakli tushirilgan lokal suv belgisi bor. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi presslangan. Unda oq rangdagi "O'ZBEKISTON" so'zi ko'p marta takrorlangan bo'lib, ularning birida harflar to'g'ri bo'lsa, ikkinchisida qiya joylashgan. Banknotning old tomoni asosan binafsha, och binafsha, ko'k, zangori va sarg'ish ranglarda, orqa tomoni esa, asosan ko'k-zangori, binafsha va qizg'ish-ko'ng'ir tusda.

Banknot old tomonining yuqori qismi markazidagi ko'k ramka ichiga to'q ko'k soyali oq harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashtirilgan. Pastroqda oq dumalok, fonda ko'k rang bilan O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Uning ostida "10" raqami va tagida " O'N SO'M" so'zlari yozilgan. Banknotning quyi qismida och sarg'ish chiziqli tor ramka joylashgan bo'lib, uning ichida bir qatorga "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn to'q binafsha rangda yozilgan. Banknot o'ng tomonining quyi qismida zangori va sarg'ish-yashil rangli naqsh bo'lib, uning o'rtasida zangori fonda oq rangli naqshinkor "10" raqami joylashtirilgan. Naqsh ustida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi "1994" raqamlari bor. Chapdagi va o'ngdagi ramkalarning tashqi, quyi tomoni uzluksiz mikrobosma usulida bosilgan va binafsha chiziqlar bilan hoshiyalangan bo'lib, lupa yordamida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan yozuvni ko'rish mumkin.

Banknot o'ng va chap tomonlarining quyi burchaklaridagi markaziy ramkada naqshning nafis foni ostida yashirin bosma usuli bilan bosilgan "10" raqami bo'lib, u quyosh nurlariga yoki chiroqqa tutilganida ko'rinadi. Banknot chap tomonidagi ramkaning yuqori qismida va o'ng tomonidagi ramkaning quyi qismidagi naqsh ostida lotin alifbosining ikki harfli seriyasi bilan ettita raqamli nomeri qora rangda bosilgan.

Banknotning orqa tomonida binafsha rangga o'tuvchi ko'k-zangori naqshli ramka ichida Samarqand shahridagi tarixiy-me'moriy yodgorlik - "TEMURIYLAR MAQBARASI" ("GO'RI AMIR") aks ettirilgan. Yodgorlikning gumbazi binafsha, peshtoqi och sarg'ish va och jigarrang tusda bo'lib, uning o'ng tomon yuqori burchagidagi daraxtlar fonida "10" raqami va uning ostida esa, ko'k-zangori soyali oq rangda "O'N SO'M" so'zlari bor.

Ramkaning chekka burchaklarida ko'k-zangori rangli ikkita naqsh bo'lib, ularning o'rtasida ko'k-zangori soyali oq rangda "10" raqamlari joylashgan . Naqshlar o'rtasidagi ikki qatorga "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn tushirilgan.

Banknot markazida nusxa ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, uning old tomoni markazida "10" raqami, o'ng tomoni quyi burchagida zarrin naqsh, banknot chap tomonida sarg'ish rangdagi naqshlar, to'q yashil rangda banknot seriyasi va raqami, orqa tomonida esa, yodgorlikning och sarg'ish tusdagi detallari bilan birga zangori va yashil rangli tolalar yorishib ko'rinadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi 25 so'm qiymatidagi banknotasi (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 25 so'm bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi shaklida tushirilgan lokal suv belgisi bor.

Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi presslangan. Unda oq tusdagi "O'ZBEKISTON" so'zi ketma-ket takrorlangan bo'lib, ularning birida harflar to'g'ri bo'lsa, ikkinchisida qiya joylashgan.

Banknotning old tomoni asosan to'q ko'k, ko'k-yashil, binafsha-qo'ng'ir va yashil ranglarda, banknotning orqa tomoni esa, ko'k-binafsha va och qo'ng'ir ranglarda aks ettirilgan.

Banknot old tomoni markazining to'q ko'k rangdagi yuqori qismida to'q ko'k soyali oq rangda yozilgan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashgan. Uning tagida doira shaklidagi ko'k-yashil rangli naqsh bilan o'ralgan sariq chiziqli fon ostida O'zbekiston Respublikasining Gerbi tasvirlangan.

Pastroqda naqshinkor "25" raqami tasvirlangan bo'lib, uning pastki qismidagi ikki satrga — "YIGIRMA BESh SO'M" degan so'zlar joylashtirilgan. Ikki tomondagi "25" raqamlari o'rtasida to'g'ri burchakli ramka joylashgan bo'lib, unda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn och yashil yo'l-yo'l fonda yozilgan.

Banknot o'ng tarafining pastki qismidagi bezak tepasiga banknot chiqarilgan yilni bildiruvchi sarg'ish-jigarrang tusdagi "1994" raqamlari joylashtirilgan. Banknotning markaziy qismidagi bezak fonida Gerbning ikki tomonida yashirin bosma usulida bosilgan va quyosh nurlariga yoki chiroqqa tutib qaralganda ko'rinadigan "25" raqamlari joylashtirilgan. Banknot chap tomonidagi ramkaning yuqori va o'ng tomonidagi ramkaning pastki qismlaridagi bezak tagida qora rang bilan lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer joylashtirilgan. Banknot keng oq sathining chap va o'ng tomonlari "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan uzluksiz mikromatn bilan hoshiyalangan.

Banknot orqa tomonining naqshli ramka bilan o'ralgan o'ng qismida Samarqand shahridagi "ShOHI ZINDA" me'moriy yodgorligi tasvirlangan.

Banknotning quyi qismi sarg'ish rangdan boshlanib, nafis moviy rangga o'tuvchi fondagi ikki satrga yashil harflar bilan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNAN TA'QIB QILINADI" degan matn yozilgan. Och ranglar bilan ikki satrga yozilgan "YIGIRMA BESh SO'M" degan matn va "25" raqamlari o'zaro simmetrik tarzda joylashtirilgan.

Osmon fonida nusxa ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, uning old tomonidagi markaziy qismida "25" raqami, ramkaning chap qismida och jigarrang naqsh fonining chekkasi va sariq yaproqlar shaklidagi elementlar, to'q yashil rangda banknot seriyasi va raqami, uning orqa tomonida esa, och jigarrang detallar — zangori va yashil tolalar yorishib ko'rinadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi 50 so'm qiymatidagi banknotasi (2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 50 SO'M bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasining Gerbi shaklidagi lokal suv belgisi bor. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab o'tadigan himoya ipi presslangan. Unda oq tusdagi "O'ZBEKISTON" so'zi ketma-ket ko'p marta takrorlangan bo'lib, ularning birida harflar to'g'ri bo'lsa, ikkinchisida qiya joylashgan.

Banknotning old tomoni asosan to'q jigarrang, qizg'ish va sarg'ish, sariq hamda kumush ranglarda. Banknotning orqa tomoni - och jigarrang, jigarrang, och zangori, och binafsha va och yashil ranglarda. Banknot old tomonining yuqori qismi markazida to'q jigarrang soyali oq rangda "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashgan.

Banknot markazida jigarrang fon o'rtasidagi zarrin fonda kumush rang bilan tasvirlangan Buxoro zardo'zligi usulidagi naqsh tasvirlangan.

Naqshning yuqori qismida to'q jigarrangda O'zbekiston Respublikasining Gerbi joylashtirilgan. Uning atrofida doira bo'ylab qiya jigarrang chiziqlardan iborat bo'lgan rasm aks ettirilgan bo'lib, Gerb ostida naqshinkor "50" raqami, uning tagidagi ramkada esa, och jigarrang nuqtalar va chiziqlar fonida ikki satrga yozilgan to'q jigarrang soyali och rangda "ELLIK SO'M" degan so'zlar joylashgan. Pastki qismidagi sariq fonda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan to'q jigarrang matn tasvirlangan.

Matn nozik chiziq bilan o'ralgan bo'lib, chiziqning tepa qismida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan to'q jigarrang uzluksiz matn mikrobosma usulida bosilgan. Uni faqat lupa orqali o'qish mumkin. Keng oq sathdagi bezak ustida banknot namunasi chiqqan yilni ko'rsatuvchi "1994" raqamlari bor.

Banknot markaziy qismining o'ng va chap burchaklarida yashirin bosma usulida bosilgan va quyosh nurlariga yoki chiroqqa tutilganida ko'rish mumkin bo'lgani "50” raqamlari bor. Banknot chap ramkasining yuqori qismi va o'ng ramkasining pastki qismidagi bezak tagida qora rangda yozilgan lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer ko'rsatilgan.

Banknotning orqa tomonida murakkab chiziqlardan iborat bo'lgan o'ziga xos ramka ichida Samarqand shahridagi "REGISTON" tarixiy-me'moriy ansambli tasvirlangan.

Ramkaning yuqori qismi turli shakllardagi murakkab rasmdan iborat bo'lib, rasm o'rtasida to'q jigarrang soyali, oq rangda yozilgan "ELLIK SO'M" degan so'zlar joylashtirilgan. Banknotning markaziy qismidagi nozik ramka ichida ramka shaklidagi oq yo'l bo'lib, unda jigarrang bilan yozilgan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn bor. Banknot markazining osmon fonida nusxa ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi tasvirlangan.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan maxsus yoritilganda, uning old tomoni markazida "50" raqami, chap tomonida rangli sarg'ish fon va pastda och moviy rang naqshlar, o'ng tomonning yuqori va pastki qismida naqshli sariq rang bo'lib, to'q yashil rangda banknot seriyasi va nomerlari, orqa tomonda esa, sarg'ish-yashil rangda tasvirlangan me'moriy yodgorlik detallari — zangori va yashil tolalar ko'rinadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi 100 so'm qiymatidagi banknotasi (2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 100 so'm bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi shakli tushirilgan lokal suv belgisi bor. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi presslangan. Unda oq rangdagi "O'ZBEKISTON" so'zi ko'p marta takrorlangan bo'lib, ularning birida harflar to'g'ri bo'lsa, ikkinchisida qiya joylashgan. Banknotning old tomoni asosan binafsha, och binafsha, ko'k, zangori va sarg'ish ranglarda, orqa tomoni esa, asosan ko'k-zangori, binafsha va qizg'ish-ko'ng'ir tusda.

Banknot old tomonining yuqori qismi markazidagi ko'k ramka ichiga to'q ko'k soyali oq harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashtirilgan. Pastroqda oq dumalok, fonda ko'k rang bilan O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Uning ostida "100" raqami va tagida " YuZ SO'M" so'zlari yozilgan. Banknotning quyi qismida och sarg'ish chiziqli tor ramka joylashgan bo'lib, uning ichida bir qatorga "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn to'q binafsha rangda yozilgan. Banknot o'ng tomonining quyi qismida zangori va sarg'ish-yashil rangli naqsh bo'lib, uning o'rtasida zangori fonda oq rangli naqshinkor "100" raqami joylashtirilgan. Naqsh ustida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi "1994" raqamlari bor. Chapdagi va o'ngdagi ramkalarning tashqi, quyi tomoni uzluksiz mikrobosma usulida bosilgan va binafsha chiziqlar bilan hoshiyalangan bo'lib, lupa yordamida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan yozuvni ko'rish mumkin.

Banknot o'ng va chap tomonlarining quyi burchaklaridagi markaziy ramkada naqshning nafis foni ostida yashirin bosma usuli bilan bosilgan "100" raqami bo'lib, u quyosh nurlariga yoki chiroqqa tutilganida ko'rinadi. Banknot chap tomonidagi ramkaning yuqori qismida va o'ng tomonidagi ramkaning quyi qismidagi naqsh ostida lotin alifbosining ikki harfli seriyasi bilan ettita raqamli nomeri qora rangda bosilgan.

Banknotning orqa tomonida binafsha rangga o'tuvchi ko'k-zangori naqshli ramka ichida Toshkent shahridagi "XALQLAR DO'STLIGI" saroyi aks ettirilgan. Ramkaning chekka burchaklarida ko'k-zangori rangli ikkita naqsh bo'lib, ularning o'rtasida ko'k-zangori soyali oq rangda "100" raqamlari joylashgan . Naqshlar o'rtasidagi ikki qatorga "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn tushirilgan.

Banknot markazida nusha ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, uning old tomoni markazida "100" raqami, o'ng tomoni quyi burchagida zarrin naqsh, banknot chap tomonida sarg'ish rangdagi naqshlar, to'q yashil rangda banknot seriyasi va raqami, orqa tomonida esa, yodgorlikning och sarg'ish tusdagi detallari bilan birga zangori va yashil rangli tolalar yorishib ko'rinadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1997 yil namunasidagi 200 so'm qiymatidagi banknotasi (2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1997 yil namunasidagi qiymati 200 so'm bo'lgan banknoti 144x78 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknot o'ng tomonining keng oq sathida O'zbekiston Respublikasining Gerbi shaklidagi lokal suv belgisi bor. Banknot old tomonining chapki qismida eni 3- 4 mm, orqa tomonining o'ng qismida esa, eni 5 mm bo'lgan tasma shaklidagi tor oq sath bor. Banknotning deyarli markazida uning butun eni bo'ylab 1,2 mm enli metall qo'shilgan poliefir himoya ipi o'tadi. Unda oq rang bilan yozilgan ko'p marta takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON" mikromatni bo'lib, to'g'ri va qiya shakllardagi harflar almashinib keladi.

Banknotning old tomoni asosan yashil-sariq, binafsha-jigarrang tusda, orqa tomoni esa, yashil-ko'k-sariq ranglardan iborat. Banknot old tarafining yuqori qismidagi to'q binafsha rangli tasmada och rang bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashtirilgan. Uning tagidagi naqshinkor ramka ichida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Banknotning pastki o'rta qismida maxsus magnit bo'yog'i qo'shilgan qora rang bilan lotin alifbosining ikki harfli seriyasi va etti raqamli nomeri joylashgan. Bu nomer banknotning o'ng qismida takrorlanib kelib, unga bosma vaqtida fluorestsent bo'yoq qo'shilgan.

Banknot markazining pastki qismida naqsh inkor elementlar fonida bir-birini kesib o'tuvchi turli rangdagi "200" va "SO'M" yozuvlari bor. Banknotning quyi qismidagi ikki qatorga "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA BARChA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn joylashtirilgan. Banknotning naqshinkor elementlari sakkiz qirrali shakllardan iborat bo'lib, pastki ramka ichiga "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan yozuv metallografik bosma usulida bosilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan ushlab ko'rilganda, bo'yoqning bo'rtib chiqqanligi seziladi. Naqshinkor ramka quyi qismining chap tomonida mayda chiziqlar bo'lib, ularning muayyan burchagi ostida "200" raqamini ko'rish mumkin.

Banknot o'ng tomonining pastki qismi keng oq sathidagi seriya va nomeri tagida "200" raqami joylashtirilgan va u "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan uzluksiz matnlardan iborat bo'lib, ularni lupa yordamida o'qish mumkin. Banknotning yuqori qismida maxsus himoya bo'yog'i bilan bosilgan bezak bor. Bu bezak uni kuzatish burchagiga qarab o'z rangini o'zgartiradi va yashil rangdan qizil rangga o'tib tovlanadi. Uning ostida esa, banknot namunasi chiqqan yilni bildiruvchi "1997" raqamlari bor.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan maxsus yoritilganda, uning old tomonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi sathida uch qatorda ustma-ust tushirilgan turli balandlikdagi "200" raqamlari aks ettirilgan. Bunda butun qog'oz bo'ylab tartibsiz ravishda zangori va yashil tolalar joylashtirilgan bo'lib, banknotning seriyasi va nomeri to'q yashil rangda ko'rinib turadi.

Banknot orqa tomonining markazida Samarqand shahridagi "ShERDOR" madrasasining peshtoqidan asos qilib olingan quyosh ko'tarib ketayotgan sher tasviri bor. Sher atrofining chap tomonida yashilroq rang bilan nusxa ko'chirishga qarshi " X" belgisi shaklidagi tasvir bor. Banknot markaziy qismining yuqorigi chap va pastki o'ng tomonlarida banknot qiymatini bildiruvchi "200 SO'M" ko'rsatilgan. Banknotning quyi qismida "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn bo'lib, banknot chap tomonining quyi qismidagi yashil-ko'k rangli bezak ustida "200" raqami mavjud. Naqshinkor turli rangdagi elementlar fonida bir-birini kesib o'tuvchi turli rangdagi "200" va "SO'M" yozuvlari bor. Huddi shunday yozuvlar - "200" va "SO'M" chap tomonning yuqori qismida joylashgan bo'lib, ularning o'lchami kichik va rangi bir xil - to'q yashil.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999 yil namunasidagi 500 so'm qiymatidagi banknotasi (2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 500 so'm bo'lgan banknoti 144x78 mm o'lchamdagi qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq maydonda O'zbekiston Respublikasi Gerbi ko'rinishidagi lokal suv belgisi mavjud. Banknotning chap qismida kengligi 4 mm bo'lgan chiziq ko'rinishidagi tor oq maydon bor. Banknotning deyarli markazida uning butun eni bo'ylab kengligi 1,2 mm bo'lgan metall qo'shilgan poliefir himoya ipi o'tadi. Unda oq rangda bir gal to'g'ri, bir gal qiya harflar bilan yozilgan va ko'p marta takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON" matni bor.

Banknotning old tomoni asosan och yashil, olcha, to'q qizil va binafsha ranglardan, orqa tomoni esa, to'q qizil, yashil va havo ranglardan iborat. Banknot old tomonining yuqori qismida to'q binafsha rangli tasmada to'q binafsha rang soya tushirilgan och tusdagi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn mavjud. Banknotning chap tarafida bir necha turli rangdagi giloshirlangan bezaklar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Bezaklarning o'ng tarafida o'tkir burchakli ko'p qirra shaklida naqshinkor elementlar joylashtirilgan. Chap tarafda Gerbdan sal yuqoriroqda to'rtburchak ko'rinishdagi naqsh joylashgan bo'lib, u mujassamlashtirish effektidan foydalanilgan holda banknotning orqa tomonidagi rasmga mos keladi, O'zbekiston Respublikasi Gerbi tagida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer joylashgan. Banknotning maxsus magnit bo'yog'i qo'shilib, qora rangda bajarilgan aynan shu nomeri biletning pastki qismidagi oq maydonda takrorlanadi. Rasmning o'ngdagi pastki burchagida naqshinkor ramka ichida och binafsha rangli "500" raqamlari bilan banknotning qiymati aks ettirilgan va uning ustiga yirik harflar bilan to'q qizil rangda "SO'M" deb yozilgan.

Banknotning chap va o'ngdagi quyi burchaklarida to'q ko'k rangli "500" raqamlari tasvirlangan bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi. To'q qizil rangli naqshinkor ramka tagida to'g'ri to'rtburchakda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn bir qatorga yozilgan. Banknotning naqshinkor ramkasi, "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" yozuvi, Gerb, chapdagi va o'ngdagi "500" raqamlari, shuningdek, banknot keng oq sathining yuqori qismida joylashgan naqsh metallografiya bosma usuli qo'llanilgan holda bajarilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan paypaslab ko'rilganida, bo'yoqning bo'rtib turganligi seziladi. Naqshinkor ramkaning o'ng tomonidagi yuqori qismida quyosh nurlari yoki yorug'likka tutib qaralgan vaqtda ko'rinadigan va yashirin bosma usulida bajarilgan "500" raqami joylashgan. Banknotning oq sathida "500" raqami uzluksiz takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn yozilgan bo'lib, u chiziq ko'rinishidagi mikrobosma usulida bajarilgan va ular lupa yordamida yaxshi o'qiladi. Huddi shunday mikromatnli chiziq banknotning yuqori qismida naqshinkor ramkaning davomi sifatida joylashgan. Oq sathning yuqori qismida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi "1999" raqamlari bor. Uning tagida kuzatish burchagiga qarab yashil rangdan to'q qizilgacha o'zgarib boruvchi naqsh mavjud. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganida, qog'ozga tartibsiz ravishda presslangan yashil va havo rang tolalar hamda ramkaning o'ng qismi tovlanib ko'rinadi.

O'zbekiston Respublikasi Gerbining chap tarafida uch qatorga ustma-ust joylashtirilgan turli balandlikdagi "500" raqamlari yorishib ko'rinadi. Banknot orqa tomoni markazidagi havo rang fonda to'q qizil rang bilan ot minib turgan Amir Temurning haykali tasvirlangan. Havo rang fon tusdagi nusha ko'chirishga qarshi bo'lgan "X" shaklidagi himoya belgisi turli burchakda ko'plab ingichka chiziqlardan iborat. Havo rang fon - chap va yuqori tarafdan hilpirab turuvchi tasma ko'rinishidagi giloshirlangan chiziqlar bilan hoshiyalangan. Haykalning o'ng tarafida milliy uslubda turli rangdagi naqshinkor bezak tasvirlangan. Banknotning pastki qismidagi to'g'ri to'rtburchakda to'q qizil rang bilan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn yozilgan.

Turli rangdagi naqshinkor elementlar fonida o'ngdagi pastki burchakda bir-birini kesib o'tuvchi "500" va "SO'M" yozuvlari mavjud. Tangirlangan sariq fonning chapki yuqori burchagida aynan shunday "500" va "SO'M" yozuvlari bor, ammo ular kichikroq o'lchamda sidirg'a to'q qizil rangda aks ettirilgan. Banknotning chapki quyi burchagidagi pastki naqshinkor ramka ustida to'q qizil rangda bajarilgan "500" raqami yirik o'lchamda yozilgan. Naqshinkor ramka, ot minib turgan Amir Temur haykali, "500" raqamlari va "SO'M" yozuvlari metallografiya bosma usuli qo'llanilgan holda bajarilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan paypaslab ko'rilganda bo'yoqning bo'rtib chiqqanligi seziladi. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, qog'ozga tartibsiz ravishda presslangan yashil va havo rang tolalar tovlanib ko'rinadi, shuningdek, naqshinkor bezak qismi hamda tangirlangan fon ajralib turadi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001 yil namunasidagi 1000 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1000 so'm bo'lgan banknoti 144x78 mm o'lchamdagi qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq maydonda O'zbekiston Respublikasi Gerbi ko'rinishidagi va uning ostida joylashgan "1000" raqami ko'rinishidagi lokal suv belgisi mavjud. Banknotning chap qismida kengligi 4 mm bo'lgan chiziq ko'rinishidagi tor oq maydon bor. Banknotning deyarli markazida uning butun eni bo'ylab kengligi 1,2 mm bo'lgan metall qo'shilgan poliefir himoya ipi o'tadi. Unda oq rangda bir gal to'g'ri, bir gal qiya harflar bilan yozilgan va ko'p marta takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON" matni bor.

Banknotning old tomoni asosan havo rang, nim olcha rang, jigarrang va binafsha ranglardan, orqa tomoni esa, zumrad, binafsha, yashil va havo ranglardan iborat. Banknot old tomonining yuqori qismida nim havo rang tasmada to'q yashil rangli soya tushirilgan och tusdagi "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn mavjud. Banknotning chap tarafida bir necha turli rangdagi giloshirlangan bezaklar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Bezaklarning o'ng tarafida sakkiz qirra shaklida naqshinkor elementlar joylashtirilgan. Chap tarafda Gerbdan sal yuqoriroqda to'rtburchak ko'rinishidagi naqsh joylashgan bo'lib, u mujassamlashtirish effektidan foydalanilgan holda banknotning orqa tomonidagi rasmga mos keladi. O'zbekiston Respublikasi Gerbi tagida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer joylashgan. Banknotning maxsus magnit bo'yoq qo'shilgan qora rangda bajarilgan aynan shu nomeri biletning pastki qismidagi oq maydonda takrorlanadi.

Rasm o'ng tomonining pastki burchagidagi naqshinkor ramka ichida olcha rang ko'rinishida "1000" raqami bilan banknotning qiymati aks ettirilgan bo'lib, uning ustiga yirik harflar bilan to'q jigarrangda "SO'M" va "BIR MING" deb yozilgan. Banknotning chap va o'ngdagi quyi burchaklarida to'q jigarrang bilan "1000" raqami tasvirlangan bo'lib, banknotning qiymatini bildiradi. To'q jigarrang naqshinkor ramka tagidagi to'g'ri to'rtburchakda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn bir qatorga yozilgan.

Banknotning naqshinkor ramkasi, "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" yozuvi, Gerb, chapdagi va o'ngdagi "1000" raqamlari, shuningdek, banknot keng oq sathining yuqori qismida joylashgan naqsh metallografiya bosma usuli qo'llanilgan holda bajarilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan paypaslab ko'rilganida, bo'yoqning bo'rtib turganligi seziladi.

Naqshinkor ramkaning o'ng tomonidagi yuqori qismi quyosh nurlari yoki yorug'likka tutib qaralgan vaqtda, yashirin bosma usulida bajarilgan "UZB" harflarining joylashtirilganligi ko'rinadi. "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" mikromatnli chiziq banknotning yuqori qismida naqshinkor ramkaning davomi sifatida joylashgan. Oq sathning yuqori qismida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi "2001" raqami bor. Uning tagida kuzatish burchagiga qarab rangi yashildan to'q qizilgacha o'zgarib boruvchi sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, qog'ozga tartibsiz ravishda presslangan yashil va havo rang tolalar bilan birga ramkaning o'ng qismi ham tovlanib ko'rinadi. O'zbekiston Respublikasi Gerbining chap tarafida uch qatorga ustma-ust joylashtirilgan turli balandlikdagi "1000" raqamlari giloshirlangan fonda yorishib ko'rinadi.

Banknot orqa tomonining markazida havo rang fonda jigarrang ko'rinishdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi tasvirlangan. Rangli nusha ko'chirishga qarshi bo'lgan himoya belgisi "X" ko'rinishidagi shakl, banknot sathining yuqori qismi chap burchagida aks etgan. Binoning o'ng tarafida milliy uslubda typli rangdagi naqshinkor bezaklar tasvirlangan.

Banknotning pastki qismidagi to'g'ri to'rtburchakda oq rang bilan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn yozilgan. Turli rangdagi naqshinkor elementlar fonida o'ngdagi pastki burchakda "1000" raqamli yozuv mavjud. Tangirlangan havo rang fonning chapki yuqori burchagida aynan shunday "1000" va bir-birini kesib o'tuvchi "BIR MING SO'M" yozuvlari bor. Banknotning chapki quyi burchagida naqshinkor ramka ustida to'q jigarrangda bajarilgan "1000" raqami o'rtacha kattalikdagi harflar bilan yozilgan.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013 yil namunasidagi 5000 so'm qiymatidagi banknotasi

2013 yilning 1 iyulidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 5000 so'm bo'lgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqardi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 5000 so'm bo'lgan pul biletlari 144 x 78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tarafidagi keng oq rangli sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi va “5000” raqami ko'rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog'oz qatlamida golografik effektli ichkariga botuvchi himoya ipi o'tkazilgan.

Bilet old tomonining yuqori qismida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida ettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan. Naqshinkor ramkaning o'ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek, Gerbning o'ng tarafida biletning qiymatini bildiruvchi “5000” raqami tasvirlangan. Gerbning o'ng tarafidagi “5000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SO’M” so'zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida bilet qiymati so'z bilan “BESH MING” ko'rsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida “O’ZBEKISTON SO’MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO’LOVLAR UCHUN O’Z QIYMATI BO’YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan. Banknotning jigarrang naqshinkor ramkasi, “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, Gerb, o'ng va chap tomondagi “5000” raqamlari bo'rtib turadi, ushlab ko'rilganda seziladi. Oq rangli sathda joylashgan “5000” raqami uning diagonali bo'yicha farqlangan ikki xil rangda ishlangan. Raqam tepasida biletning nomeri va seriyasi takror ko'rsatilgan. Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o'zgartiruvchi va ushlab ko'rilganda bilinadigan bo'rtib turuvchi naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil “2013” ko'rsatilgan. Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko'rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida rangli naqshinkor bezaklar joylashgan bo'lib, pastki bezak ustida “5000” raqami aks ettirilgan. Banknotning markazida “OLIY MAJLIS” me'moriy binosi, bino gumbazining tepasida O'zbekiston Respublikasining rangli bayrog'i tasvirlangan. Rasmning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o'tuvchi “5000” va “SO’M” yozuvlari mavjud bo'lib, ularning tepasida banknotning qiymati so'z bilan “BESH MING” ko'rsatilgan.

Ularning pastki qismida turli balandlikdagi, qiyalik burchagining holatiga qarab rangini yorqin tilla rangdan och yashil rangga o'zgartiruvchi ikkita “5000” raqamlari joylashgan. Shuningdek, banknotning “5000” raqamdagi qiymati uning yuqori o'ng burchagida ham tasvirlangan. Pastki qismida “O’ZBEKISTON SO’MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TAQIB QILINADI” yozuvi joylashgan. Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 5000 so'm bo'lgan pul biletlari, ayni paytda muomalada bo'lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholi tomonidan o'z qiymati bo'yicha barcha turdagi to'lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil namunasidagi 10000 so'm qiymatidagi banknotasi

2017 yilning 10 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 10 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 10 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan. 

Banknot old tomonining yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud.

Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O‘zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Naqshinkor ramkaning o‘ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek Gerbning o‘ng tarafida “10000” raqami tasvirlangan bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi.

Gerbning o‘ng tarafidagi “10000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SO‘M” so‘zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati so‘z bilan “O‘N MING” ko‘rsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan.

Banknotning to‘q ko‘k rangli naqshinkor ramkasi, “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, Gerb, o‘ng va chap tomondagi  “10000” raqamlari bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan “10000” raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror ko‘rsatilgan.   

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil “2017” ko‘rsatilgan. 

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko‘rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida ko‘k va binafsha rangda ishlangan naqshinkor bezaklar joylashgan bo‘lib, pastki bezak ustida “10000” raqami aks ettirilgan.

Banknotning markazida “SENAT” me'moriy binosi, bino gumbazining tepasida O‘zbekiston Respublikasining rangli bayrog‘i tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o‘tuvchi “10000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan “O‘N MING” ko‘rsatilgan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

Ushbu matnning ikki tomonida “10000” raqamlari, shuningdek banknotning eng yuqori qismida “O‘N MING SO‘M” yozuvi aks ettirilgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 10000 so‘m bo‘lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil namunasidagi 50000 so‘m qiymatidagi banknotasi

2017 yilning 22 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 50000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so‘m bo‘lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va “50000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi eni 4 mm. bo‘lgan himoya ipi o‘tkazilgan.

Banknot old tomonining markazida Mustaqillik maydonidagi «Ezgulik» arkasi tepasidagi parvozga shaylangan laylaklar tasvirlangan.

Chap yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Ushbu matn «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so‘z birikmali takrorlanuvchi mikromatnli chiziq bilan ajratilgan.

Mikromatnli chiziq ostida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UChUN O‘Z QIYMATI BO‘YIChA QABUL QILINIShI ShART» matni aks etgan.

Matn ostida to‘q yashil rangdagi O‘zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan.

Banknot chap tarafining pastki qismida 50000 raqami va «ELLIK MING SO‘M» yozuvi mavjud bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi.

Yuqoridagi barcha tasvirlar va yozuvlar bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

Markazda O‘zbekiston Respublikasining hoshilangan xaritasi joylashgan bo‘lib, uning foni «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so‘z birikmali takrorlanuvchi mikromatn ko‘rinishida ishlangan.

Chap taraf pastki qismidagi va oq rangli sathda joylashgan “50000” raqamlari tepasida ettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Oq rangli sathning yuqori qismidagi maxsus belgi arka tasviri ko‘rinishida bo‘lib, yorug‘likka qaratilganda arkaning rangi banknot orqa tomonidagi rangli fon bilan to‘ldiriladi.

Arkaning ostida banknot chiqarilgan yil “2017” ko‘rsatilgan.

Oq rangli sathning pastki qismida ko‘rish burchagiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi “50000” raqami  mavjud.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko‘rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori qismida arka tasviri mavjud bo‘lib, yorug‘likda ko‘rilganda banknot old qismidagi tasvir bilan bir-birini to‘ldiradi.

Banknotning markazida “ANJUMANLAR SAROYI” me’moriy binosi tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o‘tuvchi “50000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan “ELLIK MING” ko‘rsatilgan.

Shuningdek, banknot qiymati “50000” ko‘rinishida yuqori o‘ng va  pastki chap burchaklarda aks ettirilgan.

Ostki fon nafis chiziqlar qo‘llanilgan holda ishlangan milliy naqshinkor bezaklar va bo‘rtib turgandek taasurot uyg‘otuvchi banknot qiymati ko‘rinishidagi raqamli tasvirlardan iborat.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 50000 so‘m bo‘lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yil namunasidagi 100 000 so‘m qiymatidagi banknotasi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

Qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan.

Banknotning o‘lchami 144 x 78 mm. bo‘lib, maxsus himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.

Banknotning o‘ng tarafidagi oq oval qismida Mirzo Ulug‘bek surati ko‘rinishidagi lokal suv belgisi va 100000 raqami ko‘rinishida filigran suv belgisi joylashgan. Banknotning o‘ng tarafidagi qog‘oz qatlamida kengligi 5 mm. 3D effektga ega bo‘lgan, yuqori himoyali, sho‘ng‘uvchi, banknotning ustki qatlamiga chiquvchi himoya ipi joylashtirilgan. Yorug‘lik manbaida ip to‘liq ko‘rinishga ega bo‘lib, banknotning istalgan qiyalik ko‘rinishida ipdagi tasvirlarda siljish effekti paydo bo‘ladi. Old va orqa tomonlarining foni asosan och jigarrang va havo ranglaridan iborat.

Banknot old tomonining chap qismida Mirzo Ulug‘bek haykali tasvirlangan. Banknotning yuqori qismining chap tarafida rangi o‘zgaruvchan 100000 raqami joylashtirilgan bo‘lib, ma’lum qiyalik burchagida qaralganda uning rangi qirmizi rangdan jigarrangga o‘zgaradi.

Banknotning quyi qismining chap tarafida ornamental tasvir asosida (fonida) “UZB” ko‘rinishidagi yashirin tasvir mavjud bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinadi. Banknotning chap tomonida joylashgan yashil rangdagi maxsus element ko‘zi ojiz insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmaligi hisobiga banknotning qiymatini aniqlash mumkin. Banknotning yuqori qismida, haykalning o‘ng tomonida ko‘p funksiyali usturlob ("Astralyabi") astronomik asbobi tasviri joylashgan va u registr vazifasini bajarib, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi, yorug‘likka qaratilganda orqa tomondagi rangli fon bilan tasvir mukammalashadi.

Banknot yuqori qismining o‘ng tomonida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni mavjud.

Banknotning yuqori o‘ng burchagida O‘zbekiston Respublikasining Gerbi jigarrangda aks ettirilgan.

Banknotning o‘rta qismida quyosh sistemasi sxemasi joylashgan bo‘lib, uning rangi ko‘rish burchagiga qarab bronza rangidan yashil rangga o‘zgaradi.

Orbita doirasida quyosh sistemasi sayyoralari va oltita kichik sayyoralar turli o‘lchamdagi sakkiz qirrali yulduzchalar ko‘rinishida joylashgan. Ularning rangi ham ma’lum qiyalikda o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Orbitalar doirasi perimetri atrofida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘z birikmasi ko‘rinishida takrorlanuvchi mikromatn mavjud.

Banknot quyi qismining markazida “BIR YuZ MING SO‘M” matni joylashgan bo‘lib, uning ostida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UChUN O‘Z QIYMATI BO‘YIChA QABUL QILINIShI ShART» yozuvi aks etgan.

Banknot pastki o‘ng burchagidagi 100000 raqami ikki xil, ya’ni jigarrang va yashil rangda aniq chegaralangan holda bosilgan. Banknotning lotin alifbosidagi ikki harfli seriyasi va yetti xonali sondan iborat raqami ikki joyda bosilgan bo‘lib, quyi qismining o‘ng tomonidagi bo‘yoq ferromagnit, chap qismdagi rangli maydondagi lyuminesser xususiyatiga ega.

Banknot orqa tomonining chap qismidagi oval shakldagi maydonda ham lokal suvli belgisini ko‘rish imkoniyati mavjud. Chap tomonining yuqori burchagida giloshir rozetka maydonida banknot muomalaga chiqarilgan yil ko‘rsatilgan.

Banknotning markazida jigarrangda Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi tasvirlangan va uning ustida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni tushirilgan.

Banknotning quyi qismida ko‘k rangda 100000 raqami, “BIR YuZ MING SO‘M” yozuvi hamda ularning tagida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan. Mazkur tasvirlar va banknotning yuqori qismi o‘ng burchagidagi 100000 raqami metallograf bosma usulida (bo‘rtmaligi seziladigan) bajarilgan. Banknotning o‘ng tomonida qo‘sh yoyli kvadrant astronomik asbob tasvirlangan.

Banknot markazida O‘zbekiston Respublikasi xaritasining chegarasi aks ettirilgan bo‘lib, unda buyuk olim Mirzo Ulug‘bek o‘z ilmiy faoliyatini olib borgan Samarqand shahrining joylashgan o‘rni belgilangan. Xaritaning foni uzluksiz ravishda takrorlanuvchi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” mikromatni bilan to‘ldirilgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgisi, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.


O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 200 000 so‘m qiymatidagi banknotasi

Mazkur banknot mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakatimiz hududidagi Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.

O’lchami 152 x 69 mm.

Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “200000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 4 mm.li ko‘k rangli, “siljish” effektiga, “UZB” yozuviga ega bo‘lgan, mikrooptik va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – firuza rangda bo‘lib, boshqa ranglar bilan uyg‘unlashgan.

Banknotlar himoyalangan qog‘ozda chop etilgan bo‘lib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.

Banknot old tomoni chap qismida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida joylashgan “XUDOYORXON O‘RDASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

Yuqori qismining chap tarafida “200000” raqami, yuqori qism markazida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni ko‘k va yashil ranglarda hamda yuqori o‘ng burchakdagi O’zbekiston Respublikasining Gerbi yashil rangda joylashgan.

O’ng va chap tomoni chekkasida joylashgan yashil rangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “IKKI YUZ MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalaganda buyoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi xalqalar joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda tasvirlardagi aniqlik yo‘qoladi.

Shuningdek, ultrabinafsha nuri ostida ko‘rinuvchi naqshinkor bezakning yashil rangli fonida “UZB 200000 SO‘M” so‘zi qizil rangda tasvirlangan.

Yuqori qismidagi O’zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li” karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

Yuqori chap qismida “XUDOYORXON O‘RDASI” me’moriy yodgorligidagi naqshinkor bezak tasviri registr vazifasini bajargani holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil bo‘ladi.

Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III asrga tegishli qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti bo‘lgan “AXSIKENT ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

Markaziy qismida mashhur Quva anorining ramzi sifatida “anor” tasvirida zamonaviy “Spark live” himoya elementi qo‘llanilgan bo‘lib, turli qiyalikda rang o‘zgarishi va siljish effektini hosil qiladi.

O’ng qismida Farg‘ona vodiysidagi arxeologiya yodgorligi topilmalari – miloddan avvalgi II ming yillikga tegishli bo‘lgan sopol idish va ikki boshli ilon ko‘rinishidagi qadimiy tosh tumor tasviri aks ettirilgan.

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2022” chop etilgan.

Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “200000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “IKKI YUZ MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.