O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1 iyul – O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirilgan kun

2015-07-01

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bundan 2 yil muqaddam – 2013 yilning 1 iyul kuni Internet tarmog‘ining my.gov.uz manzilida faoliyatini boshlagan edi.

O‘tgan 2 yil davomida Yagona portalda keng ko‘lamli, yirik loyihalar amalga oshirildi. Xususan:
– Yagona portalga 600 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy hokimiyatlar, jumladan shahar va tuman hokimliklari ulandi;
– turmush tarzining turli jabhalarini qamrab oluvchi 230 dan ortiq xizmatlar joriy qilindi;
– davlat organlari rahbarlari qabuliga onlayn yozilish, davlat organlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun ma’lumotnomalarni yuborish, biometrik pasportni olish yuzasidan onlayn arizani yuborish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda ba’zi bir ruxsat berish jarayonlarini onlayn amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek aholi va davlat organlari uchun boshqa qator qulayliklar yaratildi;
– Yagona portaldan foydalanish bo‘yicha davlat organlari mas’ullari uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlar, qo‘llanmalar ishlab chiqildi;
– Aholi murojaatlarini olish, qayta ishlashning markazlashgan tizimi joriy qilinib, uning yordamida aholi murojaatlariga nisbatan davlat organlarining munosabatini – muddatini, sifatini nazorat qilish, monitoringini yurgizish mumkin bo‘ldi;
– Davlat organlari mas’ul xodimlarining Yagona portalda ishlash bo‘yicha ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan o‘quvlar yo‘lga qo‘yildi.

O‘tgan davr ichida aholi tomonidan davlat organlariga Yagona portal orqali 250 000 dan ortiq arizalar yuborildi. Ulardan 95 %iga vakolatli davlat idoralari tomonidan javob yo‘llangan. Arizalarrning 12 000 ortig’i (5%) ko‘rib chiqish jarayonida. Ushbu arizalarning 145 000 dan ortig’i (58%) yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan bo’lsa 106 000 dan ortig’I (42%) esa jismoniy shaxslar nomidan yuborilgan.

Shuningdek, Yagona portalda tadbirkorlik sohasi rivojiga xizmat qiluvchi, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarni joriy qilishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab Yagona portalda tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatga olish xizmati joriy qilingan bo‘lib, bugun xohlovchilar tadbirkorlik subyekti sifatida ruxsat berish jarayonlarini onlayn amalga oshirishlari mumkin.

Tadbirkorlik subyektlari o‘z haq-huquqlari buzilgan, to‘siqlarga duch kelgan, ishlariga asossiz ravishda aralashish yuz bergan holatda Yagona portal orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, adliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Aholining internetdan foydalanmaydigan qismi uchun tashkil etilgan Yagona portal «Call-center»i – Ma’lumotlar xizmati «8-800-200-18-18» raqami orqali yurtdoshlarimiz qo‘ng‘iroq orqali ariza, taklif va shikoyatlarini davlat organlariga yuborishmoqda. Mazkur qulaylikni yanada soddalashtirish maqsadida, ushbu telefon raqamlari qisqa – «1060» raqamida ishga tushirildi. «1060» raqami orqali xizmat ko‘rsatish bepul, qo‘ng‘iroq narxlari abonentning shahar telefonlariga chiqish tarifi narxlarida belgilangan.

«Call-center» orqali 2 yil mobaynida 15 000 dan ortiq qo‘ng‘iroq qabul qilingan bo‘lib, davlat organlariga ushbu qo’ng’iroqlar asosida aholi murojaatlari yuborildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham Yagona portal faoliyatiga nisbatan katta qiziqish uyg‘ongan bo‘lib, Yagona portalning qulayliklaridan foydalanayotgan aholi vakillari bir-birlariga davlat organlari faoliyatiga daxldor turli masalalarni hal qilishda portaldan foydalanishni maslahat berishmoqda.

Поделиться