O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Voqealar

74bb1d12-06f2-41a8-d3fb-173c0b02deb0.jpg

Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi

13.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 13-14-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. 

110de8e4-eee0-0035-5a89-e80ce4ade52c.jpg

O‘zbekiston delegatsiyasining Afg‘oniston bo‘yicha XMG majlisida ishtiroki

12.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 12-dekabr kuni Norvegiyaning Oslo shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha Xalqaro muloqot guruhining (XMG) navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

965a4e18-e9f3-819e-d437-ffb207186f8c.jpg

O‘zbekiston delegatsiyasining Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlarda ishtiroki

11.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yil 11-dekabr kuni Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro munosabatlarda betaraflik siyosati va preventiv diplomatiya: Turkmaniston tajribasi va uning ahamiyati”, “BMT-ning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi: Markaziy Osiyo bilan mintaqadagi tinchlik va taraqqiyotga yo‘naltirilgan hamkorlikning 10 yilligi” mavzularidagi xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi.

12366cf2-3346-fdd8-18fe-0f81234ecd16.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10.12.2017

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

d4053a3b-50c3-3e2c-6423-29cb2ec9889e.jpg

Konstitutsiya kuni

08.12.2017

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayram butun O'zbekiston bo'ylab keng nishonlanadi.

110de8e4-eee0-0035-5a89-e80ce4ade52c.jpg

Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi

04.12.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2017-yil 4-dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi. 

158059dc-6708-76dc-8d82-66ba4847e31a.jpg

Qozog‘iston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosarining O‘zbekistonga tashrifi

24.11.2017

2017-yilning 24-noyabr kuni Toshkent shahriga Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning hamraisi Askar Mamin boshchiligida delegatsiya tashrif buyuradi.

e7b272db-c03c-2674-dddb-cba7f5a9a30b.jpg

“Markaziy Osiyo davlatlarining suv bo‘yicha hamkorligiga 25 yil: erishilgan tajriba, istiqboldagi vazifalar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

23.11.2017

Toshkent shahrida 2017-yil 23-24-noyabr kunlari Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan “Markaziy Osiyo davlatlarining suv bo‘yicha hamkorligiga 25 yil: erishilgan tajriba, istiqboldagi vazifalar” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

db54ca9a-fb3b-3f00-b438-2742089acf11.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bаyrog'i qabul qilingan kun

18.11.2017

Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

48448904-8e8a-b3bd-d120-96117fa37946.png

Global tadbirkorlik haftaligi

17.11.2017

Joriy yilning 13-18-noyabr kunlari Toshkent, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida Global tadbirkorlik haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.