O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi

2017-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2017-yil 4-dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi. 

Oliy darajadagi uchrashuvlarda O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish, asosiy xalqaro muammolar va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. 

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. 

Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan, shuningdek, Buxoro shahrini ziyorat qilish ham o‘rin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida ma’ruza qiladi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться