O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv
2017-03-24 | Siyosat
2017-yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shayani qabul qildi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari borasida fikr almashildi.
Uchrashuvda Elchining 2011-2017-yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlangani e’tirof etidi.
Elchi, o‘z navbatida, diplomatik faoliyatida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun O‘zbekiston tominiga minnatdorchilik bildirdi.