O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan uchrashuv
2017-03-01 | Siyosat
2017-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yenchani qabul qildi.
Suhbat davomida ta’kidlanganidek, 1992-yilning 2-mart kuni BMTga xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subyekti sifatida qo‘shilgan O‘zbekiston BMT nufuzining oshishi va salohiyatining kuchayishiga hamda uning Nizomida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qo‘shmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhоkama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov ishtirok etdi.