O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Har bir farzandga uch kitob

2017-02-21 | Ta’lim

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi 9-bolalar musiqa va san’at maktabida “Ijodkorlar – inson qalbining muhandislari” mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. 

Tadbirda taniqli adiblar A.Suyun, A.Ko‘chimov, S.O‘nar, adabiyotshunos olim Q.Yo‘ldoshev va boshqalar Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ahamiyati, yosh avlod kamolotida kitobning o‘rni haqida so‘z yuritdi. 

Bulung‘ur tumanida xalq ta’limi muassasalarida 67 maktab kutubxonasi va 5 axborot-resurs markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 9 ming 300 turdagi kitob va 3 mingdan ziyod elektron kitoblar jamlanmasi mavjud. Ayni paytda kutubxonalar fondini yanada boyitish, ular faoliyatini takomillashtirish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilyapti. O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar, ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda. 

Ijodkorlar o‘z hayoti va faoliyatida kitobning ahamiyati, oilada kitobxonlik madaniyatini shallantirish to‘g‘risida so‘zlab berdi. Bugungi adabiy jarayon, yaratilayotgan asarlar bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. 

Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining joriy yil mart oyida tumanda “Bir farzandga uch kitob” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi tashabbusi tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Unga ko‘ra, har bir ota-ona maktabda o‘qiydigan farzandi uchun uchtadan kitob sovg‘a qiladigan bo‘ldi. 

 
G‘olib Hasanov, O‘zA

Поделиться