O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

2017-01-27 | Siyosat

Janobi Oliylari!

Sizga Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarimni izhor etishga ruxsat bergaysiz. 

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan e’tiboran mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. 

2015-yil oktabr oyida, Yaponiya Bosh vaziri mamlakatingizga oxirgi tashrifidan 9-yil o‘tib, men Bosh vazir sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edim. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralarimiz g‘oyat samarali bo‘lgan, biz turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi haqida yakdil fikrga kelgan edik. 

Mamlakatingizga tashrifim davomida Bosh vazir sifatida menga doimo hamrohlik qilganingiz va yuksak darajadagi mehmonnavozlik uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, ushbu tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarga yanada jadal sur’at bag‘ishladi, erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng miqyosli hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilmoqda. 

Men nafaqat siyosat va iqtisodiyot borasidagi munosabatlarimizni rivojlantirish, balki turli sohalarda, shu jumladan, madaniyat va ilm-fan sohalarida ham O‘zbekiston bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun bundan buyon ham butun imkoniyatlarimni ishga solishga tayyorman. 

Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganiga 25-yil to‘lgani munosabati bilan O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi yanada rivojlanishiga, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari bundanda kengayishiga ishonch bildiraman. 

Siz, Janobi Oliylari bilan "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti doirasida ham faol hamkorlik qilishimizdan umidvorman. 

Sizga, Janobi Oliylari, mustahkam sog‘lik, faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilashga ruxsat etgaysiz. 

Samimiy ehtirom bilan, 
 

Sindzo Abe,
Yaponiya Bosh vaziri

Поделиться