O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Denis jahonning ikkinchi raqamli tennischisini yengdi

2017-01-19 | Sport

Mahoratli tennischimiz Denis Istomin “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian open – 2017” musobaqasining yakkalik bahslarida serbiyalik Novak Jokovichni mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi davraga yo‘l oldi. 

Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan tennis jadal rivojlanmoqda. Buning samarasida mahoratli tennischilar kamol topib, nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Denis Istomin ana shunday sportchilardan biri. U “Chellenjer”, “Fyuchers” va ATR tasnifiga kiruvchi qator nufuzli musobaqalarda g‘alaba qozongan. 

D.Istomin “Australian open – 2017” musobaqasining dastlabki davrasida xorvatiyalik Ivan Dodigni mag‘lubiyatga uchratdi. U navbatdagi davrada dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvning birinchi setida Denis raqibiga qarshi tezkor o‘yin namoyish etdi va 7:6 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning ikkinchi va uchinchi setlarini 7:5, 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Novak to‘rtinchi setda tay-brekda mahoratli tennischimizga qarshilik ko‘rsata olmadi. So‘nggi hal qiluvchi beshinchi setda Denis Istomin kuchli raqibiga nisbatan har tomonlama ustun ekanini isbotladi va 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. 

Endi D.Istomin uchinchi davrada ispaniyalik Pablo Karreno Busta bilan raqobatlashadi. 

Поделиться