O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘mon Elchisi bilan uchrashuv
2017-01-18 | Siyosat
2017-yilning 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad bin Said bin al-Lavati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan Toshkent shahrida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasining yangi binosi qurish ishlarining borishi muhokama qilindi.