O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saylov jarayonining navbatdagi bosqichi yakunlandi

2015-02-11 | Siyosat

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O'zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'rsatgan nomzodlarini ro'yxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Bular siyosiy partiya rahbarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro'yxatga olish to'g'risidagi arizasi, siyosiy partiya yuqori organining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatish to'g'risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko'rsatish to'g'risidagi bayonnomasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o'z nomzodi ovozga qo'yilishiga rozi ekanligi to'g'risidagi arizasi hamda nomzodni qo'llab-quvvatlovchi imzo varaqalaridan iborat.

Avvalroq Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi vakillari ham ushbu hujjatlarni taqdim etgandi.

Shu tariqa to'rt siyosiy partiya ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro'yxatga olish uchun hujjat taqdim etish jarayonini qonunda belgilangan muddatda yakunladi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqib, ularning saylov qonunchiligi talablariga muvofiqligi to'g'risida xulosa beradi.

Markaziy saylov komissiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruhlari imzo varaqalari to'g'ri to'ldirilganligini tekshirmoqda. Qonunchilikka muvofiq imzo varaqalari tekshirish uchun tanlash yo'li bilan ajratib olinadi. Saylovchilar imzolari miqdorining kamida 15 foizi va saylov varaqalariga imzo qo'ygan saylovchilar to'g'risidagi tegishli ma'lumotlar tekshiruvdan o'tkaziladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko'rsatilgan har bir nomzodni qo'llab-quvvatlovchi saylovchilar imzolarining teng miqdordagi soni tekshirish uchun ajratib olinadi.

Ishchi guruhi a'zolari har bir imzo varaqasini ularning to'g'ri to'ldirilganligi, tuzatishlar, o'chirib yozilgan joylar yoki o'xshash imzolar mavjudligi kabi jihatlarni e'tiborga olgan holda o'rganib chiqadi. Kamchiliklar aniqlangan imzo varaqalari chuqurroq tekshirish uchun ajratib olinadi.

Ishchi guruhi imzo varaqalarini tekshirishni o'tkazayotgan xonada siyosiy partiyalarning vakillari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Tekshirish tugaganidan so'ng bayonnoma tuzilib, unda saylovchilarning taqdim etilgan va tekshirilgan imzolari soni, noaniq va haqiqiy emas deb topilgan imzolar miqdori ko'rsatiladi. Ushbu hujjat Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilish uchun asos bo'ladi.

Поделиться