O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bir to‘p, uch ochko
2015-01-13 | Sport
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Avstraliyada o'tayotgan Osiyo kubogidagi dastlabki g'alabasini nishonladi.
Nufuzli musobaqada eng kuchli o'n olti mamlakat terma jamoalari to'rt guruhga bo'lingan holda bahslashmoqda.
Terma jamoamiz a'zolari "V" guruhidagi ilk uchrashuvni KXDR vakillariga qarshi o'tkazdi. O'yin boshidanoq terma jamoamiz a'zolari hujumkor o'yin namoyish etdi, raqib darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi.
Futbolchilarimiz ikkinchi bo'limni ham ancha faol boshladi. Natijada o'yinning 62-daqiqasida hisob ochildi. Terma jamoamiz sardori Server Jeparov qanotdan oshirgan to'pni Igor Sergeyev uzoq masofadan boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'lladi.
Shu tariqa, futbolchilarimiz guruhdagi dastlabki uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozonib, uch ochkoni qo'lga kiritdi. Hamyurtlarimiz 14-yanvarda Xitoy, 18-yanvarda Saudiya Arabistoni vakillari bilan kuch sinashadi.