O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mening ovozim – mening hissam

2016-12-04 | Saylov

Yurtimizdagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari qizg‘in tus olgan. Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, davlatimizning yangi Prezidentini saylashga oshiqmoqda.

Uchastkalarda yaratilgan qulay shart-sharoitdan aholi mamnun. Tibbiyot, ona va bola xonalari saylovchilar xizmatida. Fuqarolar nomzodlarning tarjimai holi va dasturi bilan yana bir bor tanishib, yashirin ovoz berish kabinalarida erkin ovoz bermoqda. 

Prezident saylovi yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, imkoniyati cheklangan, saylash huquqiga ega fuqarolarning saylovda ishtirokini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilgan. Nogironlarning aravada binoga kirishi uchun maxsus yo‘lak – panduslar barpo qilingan, ko‘zi ojizlarga brayl yozuvidagi maxsus byulletenlar tayyorlangan. 

– Bugun bayram, – deydi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Katta darxon mahallasida yashovchi fuqaro R.Ro‘zbayev. – Uning ahamiyati shundaki, bu kun ertamizning qay darajada bo‘lishini belgilab beradi. Bugunning taassurotlari, hayajonlarini uzoq payt unutmasam kerak. Ko‘rib turganingizdek, men ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 100-saylov uchastkasiga kelib, maxsus xonada shaxsan o‘zim ovoz berdim. Pasportimni kimdandir berib yubormadim. Bu yerda barchaga birdek shart-sharoit yaratilgan. Men singari imkoniyati cheklangan fuqarolarning ham ovozi, xohish istaklari inobatga olingan. Shu damda yurtimga kerakligimni, davlat boshqaruvida mening ham ovozim muhim ekanligini chuqur his qilyapman. 

Diyor bobo Jumayev ham Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida joylashgan 105-saylov uchastkasida saylovda shaxsan qatnashdi. Salkam to‘qson yoshni qoralagan boboning qo‘liga brayl yozuvidagi saylov byulletenini tutqazishganida xayolida mamlakatimizning mustaqillik yillarida taraqqiy etayotgan qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, gumanitar singari barcha sohalarda erishayotgan yutuqlarimiz gavdalangan bo‘lsa ajabmas... 

 

Поделиться