O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shohimardonda ovoz berish davom etmoqda

2016-12-04 | Saylov

Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘ida ham saylovchilar saylovda faol ishtirok etmoqda.

“Shohimardon” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 2-umumta’lim maktabi binosida joylashgan 776-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. 

–Uchastkamizda saylovchilarning emin-erkin ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Abdurashid Usmonov. – Hududimizda 1 ming 807 saylovchi ro‘yxatga olingan. Fuqarolar saylovda faol qatnashmoqda. 

Mazkur qishloqdagi 777-saylov uchastkasida ham ovoz berish davom etmoqda. 2 ming 121 saylovchi ro‘yxatga olingan uchastkada saylovchilar uchun barcha qulaylik yaratilgan. 

Saylovga kelayotgan saylovchilarning ko‘tarinki kayfiyati yurtdoshlarimizning huquqiy madaniyati yuksalib borayotgani, mamlakatimizda ro‘yo berayotgan jarayonlarga befarq emasligi, aksincha, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi yuqoriligidan dalolatdir. 

–Mamlakat tinch, turmush obod bo‘lsa, ko‘ngil xotirjam va qilayotgan ishingda baraka bo‘ladi, – deydi mehnat faxriysi Shoirjon Komilov. – Qishlog‘imizda turli millat vakillari bir oiladek ahil-inoq, tinch-totuv yashab mehnat qilmoqda. Bu Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan oqilona siyosat samarasidir. Bugungi saylovda ham Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquqlarimizdan foydalanib, o‘zimiz tanlagan nomzodga ovoz berdik. 

 
 

Поделиться