O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlar taraqqiyot uchun ovoz bermoqda

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston dunyoning iqtisodiyoti barqaror sur’atlarda rivojlanayotgan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin olgan. Bu so‘nggi o‘n bir yil davomida yalpi ichki mahsulotning o‘sish darajasi sakkiz foizdan yuqori bo‘lib kelayotganida o‘z ifodasini topmoqda. Iqtisodiy islohotlar izchilligi, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar bu boradagi muvaffaqiyatlarning asosiy omillaridan bo‘layotir.

Bugun erta tongdan boshlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida barcha yurtdoshlarimiz qatori tadbirkor va ishbilarmonlar ham faol qatnashmoqda. 

“Dambog‘ poyabzal savdo” xususiy korxonasi rahbari N.Hojimirzayev Namangan shahridagi 116-saylov uchastkasida o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berdi. 

– Men mustaqillik yillarida oddiy kosibdan poyabzal ishlab chiqaridagan zamonaviy korxona rahbariga aylandim, – deydi tadbirkor. – 2008-yilda ish boshlagan korxonamiz dastlab 50 turda mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, ayni paytda yilning har to‘rt fasliga mo‘ljallangan 300 turdagi import o‘rnini bosuvchi va eksportbop poyabzal tayyorlanmoqda. Korxonamizda o‘tgan yili 1 milliard 700 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 1 millirad 650 million so‘mdan oshdi. 

Bugun muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelar ekanman, beixtiyor mustaqil Vatanimizning kechagi va bugungi kunini tahlil qildim. Bilasizmi, chiqargan xulosalarimdan qalbim g‘urur-iftixorga to‘ldi. Axir, men ilgari kim edimu, bugun kim bo‘ldim! Hayotimda olamshumul o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mulk egasi, tadbirkor bo‘ldim. Mana, hozirgina bugungidan-da farovon, buyuk kelajagimiz uchun ovoz berdim. Saylov uchastkasiga kelayotgan mahalladoshlarim yuz-ko‘zidagi xursandchilik, ertangi kunga qat’iy ishonch, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi mustaqillik bergan ne’mat emasmi? 

Kichik biznes sohasida erishayotgan natijalari bilan tengdoshlari havasini tortayotgan yana bir yosh tadbirkor, “Imron Textile Group” korxonasi rahbari Islombek Qutfiddinov Namangan muhandislik-texnologiya instituti binosida joylashgan 5-saylov uchastkasida ovoz berdi. 

–Yoshim 25 da, mustaqillik tengdoshiman va men bundan faxrlanaman, – deydi Islombek. – Institutni iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirganimga besh yil bo‘ldi. Talabalik yillari tadbirkorlik va marketing sirlarini qunt bilan o‘rgandim. "Yosh tadbirkor – yurtga madadkor" ,"Yurt kelajagi", "Mening biznes g‘oyam", "Vatanim taraqqiyotiga mening hissam" tanlovlarida o‘z biznes loyihalarim va ishlab chiqargan mahsulotlarim bilan qatnashib, g‘olib bo‘ldim. 2011-yilda "Vodiy yog‘och savdo" xususiy korxonasi qoshida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tikuvchilik sexi tashkil etdim. O‘tgan yillarda tejalgan mablag‘lar hisobidan 244 million so‘mga xorijdan zamonaviy tikuv mashinalari keltirib o‘rnatdik. Korxonada dastlab 4 kishi ishlagan bo‘lsa, bugun ular 70 taga yetdi. Hozir 20 dan ortiq turdagi tayyor trikotaj mahsulotlari eksport qilmoqdamiz. Men saylovda tinchlik va taraqqiyot uchun ovoz berdim. 

Viloyatdagi barcha saylov uchastkalarida tadbirkorlar ana shunday g‘urur va iftixor bilan taraqqiyotimiz uchun ovoz bermoqda. 

 
 

Поделиться