O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Har bir ovoz muhim

2016-12-04 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida tashkil etilgan 580-saylov uchastkasi erta tongdan saylovchilar bilan gavjum. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning tarjima holi bilan tanishgan ushbu o‘quv yurti tinglovchilari ham Prezident saylovida ishtirok etish uchun o‘z konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirmoqda.

Prezident saylovi O‘zbekistonning zamonaviy tarixida muhim ijtimoiy-siyosiy voqeadir. Zero, Vatanimiz kelajagi va taraqqiyoti saylovchilarning faolligi, siyosiy yetukligi va qaroriga bog‘liqdir. 

580-saylov uchastkasida barcha saylovchilar ro‘yxati osilgan, ovoz berish qoida va tartibi bo‘yicha yo‘riqnomalar e’lon qilingan stendlar o‘rnatilgan. Tinglovchilarning huquqiy madaniyati va xabardorligini oshirish maqsadida mamlakatimiz saylov qonunchiligi to‘plamlari, alohida stendda esa Prezidentlikka nomzodlar haqida axborot va ularning tarjimai holi taqdim etilgan. 

- Saylov - demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omilidir, - deydi institut tinglovchisi F.Qurbonov. - Shu bois yosh avlod vakillari sifatida bu jarayonda faol ishtirok etmoqdamiz. Prezident saylovi bizga mamlakatimiz siyosiy hayoti, davlat va jamiyat boshqaruvi, davlat hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etish imkonini beradi. 

Поделиться